“Saylovlar – gʻalaba strategiyasi va taktikasi” mavzusida oʻquv-seminari oʻtkazildi
Tuman hokimligining oʻzini-oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish tuman Kengashi majlislar xonasida boʻlib oʻtgan saylovoldi targʻibotiga bagʻishlangan oʻquv-seminari ana shunday nomlandi.
OʻzLiDeP tuman Kengashi deputatligiga nomzodlar uchun tashkil etilgan mazkur oʻquv-seminarida OʻzLeDeP Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi siysiy taʼlim markazi rahbari Nasiba Toʻramurodova, OʻzLiDeP tuman Kengashi apparat rahbari Muqaddas Beknazarova, 27-sonli maktab psixologi Mavluda Toʻrayevalar 2019-yilgi saylovlarni oʻtkazish tartib-qoidalari, Oʻzbekiston Respublikasi Saylov Kodeksi, partiyaning saylovoldi platformasi, saylovoldi kampaniyasini muvaffaqiyatli tashkil etish yoʻllari, deputatlikka nomzodlarning imidji boʻyicha deputatlikka nomzodlar va ularning ishonchli vakillariga zarur tavsiyalar berdilar.
Seminar yakunida OʻzLiDeP tuman Kengashi tomonidan tashkil etilgan kofe-breykda deputatlikka nomzodlar oʻzlarini qiynayotgan savollar boʻyicha bir-birlari bilan fikr almashib, toʻlaqonli javob olishdi.
Oʻquv-seminarda interfaol usullardan foydalanildi hamda amaliy mashgʻulot oʻtkazildi.
Robiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶