28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 13:50
Jamiyat 👁 571

“BAYROGʻIMIZ-FAXRIMIZ, GʻURURIMIZ”

“BAYROGʻIMIZ-FAXRIMIZ, GʻURURIMIZ”

1992-yil 14-dekabr Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarixiga zarhal harflar bilan bitilgan muhim sanalarning biridir.

Shu kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Qonunga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining XI sessiyasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat ramzlaridan biri – bayrogʻi qabul qilindi.

Bayroq oʻzida qoraqalpogʻistonliklarning asriy orzu-istaklarini, gʻayrat-shijoatini, tinchliksevarligini va oʻziga xos mehmondoʻstligini mujassam etgani bilan ham juda aziz va qadrlidir. Shuning uchun ham 14-dekabr sanasi butun respublika boʻylab Qoraqalpogʻiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilingan kun sifatida keng nishonlanadi.

Shu yilning 13-dekabrida tumanimizdagi 82-sonli maktabda ham sana munosabati bilan “Bayrogʻimiz – faxrimiz, gʻururimiz” deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirga maktabning yuqori sinflari oʻquvchilari, shuningdek, Iqtsodiyot kolleji oʻquvchilari ishtirok etdilar. Unda dastlab 82-sonli maktab direktorining maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha oʻrinbosari Mohira Yusupova Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat bayrogʻi va unda aks etgan maʼno-mazmun haqida maʼruza qildi. Qoraqalpogʻiston Respublikasining davlat bayrogʻi milliy-madaniy anʼanalarimizni, qoraqalpoq xalqining tarixi va kelajagini razmiy timsollar vositasida aks ettirgani, respublika timsoli boʻlgani bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasida yashovchi har bir fuqaro uchun qadrli va aziz ekanligi taʼkidlandi.

Davlat bayrogʻi Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi bilan bir qatorda davlat idoralari, muassasalari, oʻquv yurtlari peshtoqida hilpirab turishi, respublika aholisining yuksak orzu-niyatlarini yorqin ifoda etishi barchagamizga faxr-iftixor baxsh etadi. Bayroq qoraqalpogʻistonliklarning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini oʻzida ifoda etib, tinch va osoyishta, farovon hayotga boʻlgan ishonchi ramzidir.

Tadbirda oʻquvchi-yoshlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat bayrogʻini, ozod yurtimizni, yorqin kelajakka boʻlgan ishonchni ifodalovchi sheʼrlar ijro etdilar.

Tadbir oʻquvchi yoshlar qalbida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat bayrogʻiga hurmat hissini yanada yuksaltirgani bilan ahamiyatli boʻldi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026