30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 06:01
Fan va taʼlim 👁 222

“TIL – MILLIY GʻURURIMIZ”

“TIL – MILLIY GʻURURIMIZ”

Yakunlanayotgan haftadan 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami keni mamlakatimiz boʻylab keng nishonlandi.

Har bir millatning oʻz ona tili maʼnaviy boyligidir. Chunki til millat ruhi, madaniyati, turmush tarzini aks ettiradi.

1989-yilning 21-oktyabri mamlakatimiz tarixida unutilmas sana  boʻlib qoldi. Boisi shu kuni ona tilimizning huquqiy asoslarini belgilab beruvchi “Davlat tili toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilinib, unga koʻra oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berildi.

2020-yilning 10-aprelida esa 21-oktyabr sanasini oʻzbek tili bayrami sifatida belgilash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 1-moddasida belgilab qoʻyildi.

Ushbu sana har yili  mamlakatimizda keng nishonlanadi, oʻzbek tilining huquqiy maqolmini belgilashda bosib oʻtilgan qiyinchiliklar, oʻzbek tilining boy imkoniyatlaridan foydalanish uchun bugungi kunda yaratilgan sharoitlar, ona tilimizning jamiyatdagi mavqeini, maqomini yuksaltirish borasida, ona tilimizning sofligini saqlash, uni yosh avlodga chuqur oʻrgatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar keng eʼtirof etiladi.

Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan shu yilning 21-oktyabrida tumanimizdagi 38 umumiy oʻrta taʼlim maktabida maktab oʻqituvchilari, oʻquvchilari va tuman Madaniyat boʻlimi xodimlari hamkorligida tashkil etilgan “Til – milliy gʻururimiz” deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy kechada ham ona tilimizning goʻzalligi, jozibasi va juda boy ekanligi, ona tilimizni asrash, rivojlantirishga hissa qoʻshish – millatimizning yuksalishiga zamin yaratishi xususida batafsil soʻz yuritildi.

Tadbirda maktab oʻqituvchilari, oʻquvchilari, tuman Madaniyat boʻlimi xodimlari, “Milliy tiklanish” partiyasi tuman Kengashidan vakillar qatnashdilar.

Tadbirni maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Nilufar Tojimurodova ochdi. Dastlab maktab ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari ona tilimizning har birimizning hayotimizdagi oʻrni, shuningdek, mustaqil davlatimizning bayrogʻi, gerbi, madhiyasi singari qonun yoʻli bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramzi ekanligi, millat koʻzgusi ekanligi xususida maʼruzalar qildilar, oʻzbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning mustaqillikka erishish yoʻlida muhim qadam boʻlganligini taʼkidladilar.

Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan til bayrami kuniga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy kecha oʻquvchilar ijrosidagi ona tilimizni ulugʻlovchi sheʼrlar, sahna koʻrinishlari bilan davom etdi.

Shuningdek, taniqli xonandalar Anvar Xudoyberganov, Murodjon Ibragimov va Rashid Rahimov, Sevinchoy Mavlonberganovalar ijro etgan qoʻshiqlar, maktab badiiy havaskorlari ijro etgan raqslar barchaga yuqori kayfiyat baxsh etdi.

Tuman Madaniyat boʻlimi xodimi Nasiba Eshchanova stsenaiysi asosida oʻtkazilgan “Til – millat koʻzgusi” deb nomlangan tadbir barchada chuqur taassurotlar qoldirdi.

O.RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026