14-dekabr Qoraqalpogʻiston Pespublikasi davlat bayrogʻi qabul qilingan kun
Davlat ramzlari har bir xalqning tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblanadi. Buyuk ajdodlarimiz ham yurt bayrogʻini muqaddas bilib, uni ardoqlaganlar, koʻz qorachigʻidek asraganlar. Davlatchiligimiz tarixining qaysi davrini olib qaramaylik, bayroq ajdodlarimiz uchun kuch-qudrat, jasorat, gʻalaba timsoli boʻlgan.
Mamlakatimizda davlat ramzlari qabul qilingan sanalar keng miqyosda nishonlanadi. «Qoraqalpogʻiston Pespublikasining Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida» Qonun 14-dekabr 1992-yilda Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Joʻqorgʻi Kengesining XII sessiyasida qabul qilingan.
Davlatchiligimiz tarixining qaysi davrini olib qaramaylik, davlat ramzlari Vatan timsollari sifatida hamisha aziz va muqaddas sanalgan.
Davlatimiz bayrogʻi – oʻtmish, bugun va kelajagimizning yorqin timsoli. Unda ruhiyatimiz, gʻurur va iftixorimiz, Vatanimiz va xalqimizga boʻlgan cheksiz mehr-muhabbatimiz, kelajakka ishonchimiz mujassamdir. Barchamizga 14-dekabr Qoraqalpogʻiston Pespublikasi davlat bayrogʻi qabul qilingan kun muborak boʻlsin!
Charos Arslonova, tuman hokimligi axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶