28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 23:17
Jamiyat 👁 8,196

Alla yangrab tursin, zamin ustida!

Alla yangrab tursin, zamin ustida!

Ona. Bu soʻz bizga moʻʼtabar va aziz. Chunki u bizni oq yuvib, oq tarab, voyaga yetkazgan insondir. Dunyoda har qanday ulugʻ zotni – paygʻambarlarni ham, podshohlarni ham ona tuqqan. Bolaning tili "Ona” soʻzi bilan chiqadi. Onaga boʻlgan ehtirom barcha insonlarga xos fazilatdir.

Bir kuni bir kishi paygʻambarning oldiga kelib, yaxshilikni kimga qilsam boʻladi, deb soʻrabdi. Shunda paygʻambar onangga, deb javob beribdi. U kishi uch marotaba soʻrabdi. Uch marotaba ham onangga, deb javob qaytaribdi.

Ona farzandini voyaga yetkazgandan keyin undan mehr kutadi. Lekin baʼzi bir farzandlar borki, hatto onasining dilini ogʻritadi. Aqlli bolalar onalarini hurmat qilishadi. Bu ijodiy tomon barcha bolalarda boʻlsa edi. Onamiz bizlar uchun nimalarga qoʻl urmaydi, deysiz. Biz buning qadriga yetayapmizmi? Balki biz bunga harakat qilayotgandirmiz, lekin onaning farzandiga qilgan yaxshiligini hech nimaga tenglab boʻlmaydi. Shuning uchun ul zotga har vaqt ehtirom koʻrsatish lozim.

Ona qanday kasb egasi boʻlmasin, u eng avvalo oilasi uchun, farzandlari uchun, jon kuydirib yashaydi. Xalqimizda: "ayolni eʼzozlagan millatning qadri hamisha baland boʻladi” degan ajoyib naql bor. Mamlakatimiz davlat va jamiyat qurilishida yil sayin ayollar faolligi oshib bormoqda. Bu esa ayolning qadr-qimmatini yuksaklarga koʻtarishdir. Onani avaylash bu farzand burchi. Har qanday farzand bu burchni bajarishga majburdir. Ona – ulugʻlik, goʻzallik, donolik timsoli. Ona hayot chashmasi. Ona buyukligi bilan va goʻzal fazilati bilan eʼzozlanib keladi.

Oʻzbek ayollari dunyodagi eng bolajon ayollardan hisoblanadi. Kechalari uxlamasdan beshik tebratib, bolasiga alla aytayotgan ona chin mehr timsolidir. Ona allasida farzandini baland togʻlarga, bepoyon bogʻlarga oʻxshatadi. Farzandlar aytilgan bu sehrli allani avlodlarga yetkazib beradi. Ona farzandiga alla aytayotgan paytida begʻubor chaqaloqqa boʻlgan mehrini qoʻshadi. Ona allasi boshqa kuy-qoʻshiqlardan ana shu jihati bilan ajralib turadi. Alla farzandlarni yaxshilikka, goʻzallikka chorlaydi. Alla eshitib oʻsgan bola aql farosatli boʻladi, - deydilar. Ammo dunyoda alla eshitmay, onasiz oʻsayotgan bolalar ham yoʻq emas, biz onamiz bagʻrida Vatanimiz ardogʻida ekanligimizdan quvonishimiz kerak, albatta.

Jannat onalarning poyida deb bejizga aytishmaydi. Buning boisi shundaki, ona qadam bosgan dargoh shunchalar nurafshon boʻlib ketadi. Onaning hurmatini joyiga qoʻysang, savobga qolasan, degan hikmat ham shundan. Ularning yurgan har bir qadamida jannat bor, baxt bor. Demak, oʻsha baxt onalarning poyida. Ularning poyidagi jannatni his qila bilishimiz lozim. Ona mehrini quyoshdan taralayotgan nurga ham oʻxshatishadi. Biz ana shu mehr ummoniga choʻmib ulgʻayamiz.

8-mart - Onajonlar bayrami bilan barcha onalarni, opa-singillarni va dugonalarimni chin qalbimdan muborakbod etaman. Ularga sihat-salomatlik, ishlarida rivoj, oʻqishlarida omad tilayman. Hech qachon yuzlaridan kulgu arimasin. Tolei baland, rizq-u nasibasi ziyoda boʻlsin, har bir Ayolning! Oilasi bagʻrida, farzandlari davrasida baxt nashidasini surib yashasinlar.

Aziz onajonlar! Bagʻringiz beshikdan aslo ayro tushmasin. Dunyodagi eng zulmkor insonning ham yuragini eritib yuboruvchi otashin qoʻshiq – Alla yangrab tursin mangu zamin ustida!

Yulduz Madadova,

44-sonli maktabning 6-sinf oʻquvchisi, tanlov gʻolibi.

(Foto - http://www.afisha.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026