28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 23:19
Jamiyat 👁 2,448

Aziz va qadrli ayyom

Aziz va qadrli ayyom

Uygʻonish va yasharish fasli boʻlgan bahor boshqa fasllardan nimasi bilan ajralib turishini bilasizmi? Albatta, bayramlari bilan. Bahorning dastlabki oyi mart kirib kelishi bilan Xalqaro xotin-qizlar kuni boʻlmish 8-mart bayram qilinadi.

Mart oyining oʻrtalariga kelib bahor faslining guli boʻlmish Navroʻz eshik qoqadi. Bu bayram yurtimizning har bir chekkasida, har bir goʻshasida sogʻinch-la nishonlanadi.

Navroʻz - nafaqat yurtimizning, balki Sharq xalqlarining ham bayrami boʻlib, 21-mart kuni kecha va kunduz tenglashgan kun - yangi yil sifatida qadrlanadi.

Navroʻz juda qadimiy bayramdir. Navroʻz haqida koʻplab allomalarimiz oʻz asarlarida yozib qoldirganlar. Jumladan, Abu Rayhon Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, Umar Hayyomning "Navroʻznoma”, Abulqosim Firdavsiyning "Shohnoma” asarlarida Navroʻz va uning paydo boʻlish tarixi, u bilan bogʻliq urf-odatlar tasvirlangan.

Mutafakkirlar nazdidaNavroʻz bayramining paydo boʻlishi shoh Jamshid humronlik qilgan davr bilan bogʻliqdir. Abu Rayhon Beruniyning maʼlumotiga koʻra, Jamshid podshoh boʻlgach, maʼjusiylar dinini yangiladi va bu ish qilingan kun – Navroʻz – Yangi yil deb ataldi.

Demak, Navroʻz bayrami toʻrt ming yillik tarixga ega va qadimdan tabiat uygʻonishi bilan bogʻliq marosim sifatida bayram qilinadi.

Xalqimizning axloqiy-maʼnaviy qadriyatlari mujassam boʻlgan, ezgu niyatlar bilan tantana qilinadigan baxt va bahor bayrami Navroʻz qancha-qancha zamon boʻronlaridan omon oʻtdi. Masalan, Oʻrta Osiyo xalqlarining milliy qiyofasini yoʻq qilib, ularni yagona, sunʼiy "Sovet xalqi” degan nom ostida birlashtirmoqchi boʻlgan sobiq shoʻro tuzumi mana shu qadimiy bayramga ham qattiq hujum qilib koʻrgan. Oʻtgan asarning 80-yillarida oʻzining tanazzul pallasiga kirgan kommunistlar partiyasi Navroʻzni yomonotliq qilib, uni xalq yodidan chiqarish harakatiga tushdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov xalqqa va uning maʼnaviyatiga qarshi qaratilgan bu xurujlarga dadil qarshi chiqib, Navroʻzni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlash lozimligini qatʼiy aytganidan keyin bu koʻhna bayramning ikkinchi umri boshlandi.

Demak, biz shuni aytishimiz mumkinki, yurakka, qalbga singgan his-tuygʻularni hech nima tortib ololmaydi, ayniqsa, Navroʻzga boʻlgan tuygʻuni.

Navroʻzga boʻlgan tuygʻular koʻp, shu bilan bir qatorda nishonlashning oʻziga xos tomonlari mavjud boʻlib, ular davrlar oʻtishi bilan shaklan va mazmunan boyib, takomillashib kelmoqda.

Masalan, qadimdan Navroʻz munosabati bilan mamlakatlararo urushlar toʻxtatilgan, urushayotgan davlatlar sulh tuzgan. Oilalar va odamlar oʻrtasidagi gina-kuduratlar bir chetga surilib, ota-ona, qarindosh-urugʻlar, keksalar, betoblar sovgʻa-salom bilan yoʻqlangan. Shu kuni ohorli kiyimlar kiyilgan, turli-tuman Navroʻz taomlari tayyorlangan, hamma yoq supurib-sidirilgan, katta-katta maydonlarda sayillar, ayniqsa, sumalak sayillari tashkil etilgan.

Sumalak yaxshi niyatlar bilan har bir oilaga taqsimlanadi. Undan tashqari, bemorlar, nogironlar, yolgʻiz qariyalar sumalak bilan yoʻqlanadi.

Shuningdek, bu bayramda xalq ogʻzaki ijodiyoti namunalarini, yaʼni maqol, lapar, sheʼr, matal, latifa, ertak, aytish boʻyicha tanlov musobaqalari uyushtiriladi. Yana shuni ham aytish lozimki, Navroʻz bayramlarida har xil oʻyinlar, jumladan dorbozlar bellashuvi, polvonlarning choʻqqiga chiqish mashqlari ham yoʻq emas. Xalqimizda koʻp tarqalgan bellashuvlardan biri bu varrak uchirishdir. Unda xohlagan inson bellashishi mumkin.

Bu bayramning sevimliligi shundaki, Navroʻzda dehqonlar yerga urugʻ sochadilar, yangi dehqonchilik yili boshlanadi.

Mustaqillikdan soʻng Navroʻz bayramini xalqimiz bilan birga chet ellik mehmonlar ham sevib nishonlaydigan boʻlishdi. Bu umumxalq bayrami barcha uchun aziz va qadrli ayyomga aylandi.

Shahnoza BOLTABOYeVA,

26-sonli maktabning 8bsinf oʻquvchisi.

"Eng yaxshi insho" tanlovi gʻolibi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026