Murojaatnomadan ruhlanib...
Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga qilgan murojaatida biz pedagoglar, taʼlim sohasi xodimlari uchun qator yangi imkoniyatlar yaratilishi bilan bir qatorda katta masʼuliyat, shijoat bilan faoliyat olib borishimiz kerakli alohida taʼkidlandi. Prezidentimiz inson hayotida ilm-maʼrifat, maʼnaviyat beqiyos ahamiyat kasb etishini, qolaveresa, jannatmakon vatanimizni rivojlangan mamlakatga aylantirishdek ulugʻ maqsadimizga xalqimizning ilm-maʼrifati, maʼnaviyatini yanada yuksaltirish hamda barcha sohalarda jadal islohotlarni amalga oshirish orqali erishish mumkinligini eʼtirof etdi.
Yurtboshimiz oʻz nutqida: ”…Buning uchun, avvalambor, tashabbuskor, islohotchi boʻlib maydonga chiqadigan, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini tayyorlashimiz zarur. Shu maqsadda ham yurtimizda bogʻchadan boshlab oliy taʼlimgacha boʻlgan taʼlimning barcha bosqichlarini jadal rivojlantirishga eʼtibor qaratilmoqda. Nafaqat yoshlar, balki butun jamiyatimiz aʼzolarining bilimi, saviyasini oshirish uchun, avvalo, ilm-maʼrifat yuksak maʼnaviyat kerak. Ilm yoʻq joyda qoloqlik, jaholat va albatta, toʻgʻri yoʻldan adashish boʻladi. Ilm-maʼrifat, manaviyat bizga havodek kerak! Sharq donishmadlari aytganlaridek, eng katta boylik bu - aql-zakovat, ilm, eng katta meros bu – yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik bu – bilimsizlikdir! ” – deya taʼkidladi.
Shuningdek, taʼlim tizmida yuqori natijalarga erishish uchun MTM larga qamrab olish koʻrsatkichlarini yuqori darajaga yetkazish zarurligi, xususan, joriy yilda maktab yoshigacha boʻlgan bolalarni MTMlarga qamrab olish darajasini 60%ga yetkazish oldimizda turgan aniq maqsadlardan biri etib belgilandi.
Shavkat Miromonovich oʻz murojatlarida belgilab berganlaridek, bu yildan boshlab ilk bor 6 yoshli bolalarni maktabgacha tayyorlash tizimi joriy etiladi, davlat byudjeti hisobidan 36 ta yangi maktab qurilib, 216 tasi kapital taʼmirlanadi. Qolaversa, 55 ta yangi xususiy maktab tashkil etilib, ularning soni 141 taga yetkaziladi. Pedagogik malaka va mahoratga ega boʻlgan, oʻz ishida aniq natijalarga erishgan oʻqituvchilarga yuqori maosh toʻlash tizimi joriy qilinadi.
Qolaversa, 2021-yilgi Xalqaro baholash jarayoniga tayyorgarlik koʻrish uchun 348 ta tayanch maktabini belgilab, 1-yil ichida 6000 ta oʻqituvchilarning malakasi oshiriladi. Joriy oʻquv yilidan boshlab mutlaqo yangi professional taʼlim tizimi yoʻlga qoʻyiladi. Yoshlarimizning tahsil olishlari uchun hamma qulayliklarni yaratiladi.
Jumladan, shu maqsadda Oliy taʼlim uchun davlat grantlari 2 barobar oshirilishi belgilandi. Maktab bitiruvchilarining Oliy taʼlimga kirish darajasini 25% ga, kelgusida 50-60% ga yetkazishish zarurligi ham alohida taʼkidlandi. Bu - biz pedagoglar zimmasiga katta masʼuliyat yuklaydi.
Vahobjon Davletov, 36-sonli maktabning fizika fani oʻqituvchisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶