ENDI MEN HAM OʻZBEKISTON FUQAROSI BOʻLAMAN
Hayotda har kimning taqdir yoʻllari turfa boʻlar ekan.
Men asli Turkmaniston davlatida tugʻilib, Amudaryo tumanining Toshyop ovuliga 1993-yilda kelin boʻlib tushdim. Shu yerda palak otdim. Turmushimdan nolimayman. Biroq shu kungacha Oʻzbekiston fuqaroligini ololganim yoʻq. Bu hayotimda koʻpgina muammolarni boshimdan kechirishimga sabab boʻldi.
Shu yil 24-yanvar kuni muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga navbatdagi Murojaatmonasini oynai jahon orqali eshitib oʻtirib, quvonganimdan koʻzlarimdan yosh chiqib ketdi. Murojaatnomada turmushimizning barcha jabhalaridagi yuksalish va muammolarni qamrab olingan, bartaraf etish yoʻl-yoʻriqlari, oʻzgarishlar batafsil bayon etildi. Ayniqsa, men kabi Oʻzbekistonda, Oʻzbekiston fuqarosi boʻlolmay yurganlar muammosini oʻrtaga tashlab, 1995-yilgacha Oʻzbekistonga kelgan va shundan buyon istiqomat qilayotganlarga avtomatik tarzda fuqarolik berilishini aytganlarida oʻzimni qoʻyarga joy topolmay qoldim. Xuddi qoʻlimga necha yillardan beri armon bilan idorama-idora sarson-sargardon boʻlib ololmaganim – fuqarolik pasportini olganday boʻldim. Shunday kun yaqin ekanligiga ishonaman. Ilohim, xalqimizning baxtiga Yurtboshimizning umri uzoq boʻlsin!
Safargul GADONIYoZOVA, Toshyop ovuli.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶