17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 09:47
Jamiyat 👁 412

KEKSA VA KAM TAʼMINLANGAN FUQAROLARGA OʻZ XONADONIDA BIOMETRIK PASPORTLAR BERILDI

KEKSA VA KAM TAʼMINLANGAN FUQAROLARGA OʻZ XONADONIDA BIOMETRIK PASPORTLAR BERILDI

Hozirda keksa, nogiron insonlarga biometrik pasportlar ularning xonadoniga borilib, mobil qurilmalar yordamida rasmiylashtirilmoqda. Ayniqsa, soʻnggi yillarda sohada amalga oshirilayotgan ishlar nihoyatda jadallashdi. Shuningdek, hududlardagi imkoniyati cheklangan, yurolmaydigan, kasallik natijasida Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga kelolmaydigan fuqarolar murojaatiga koʻra, soha xodimlari oʻsha fuqaroni biometrik pasport uchun rasmga tushirish, barmoq izlarini olish maqsadida maxsus apparatlarni xonadonlarga olib bormoqda. Hujjat tayyor boʻlgach, jismoniy imkoniyati cheklanganlarning xonadoniga borib, fuqarolik pasporti topshirilmoqda. Bu aholining manfaatlarini taʼminlash, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga xizmat qilmoqda.

Tuman Ichki ishlar boʻlimining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasida ham bu borada fuqarolarga bir qator qulayliklar yaratilib, ularning fuqaroligini tasdiqlovchi  hujjat – pasport olish, xorijga chiqish bilan bogʻliq hujjatlarini oʻz vaqtida rasmiylashtirish maqsadida zarur axborot texnologiyalari bilan jihozlanishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, xorijga chiqish, yaʼni zagran pasportini olish uchun Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmasiga yangidan kompyuter texnika uskunasi oʻrnatildi.

Boʻlim xodimlari shaxsning elektron maʼlumotlarini tezkor yigʻib, fuqarolarga pasport rasmiylashtirishda samarali xizmat koʻrsatib kelmoqda. Ayniqsa, keksa va nogiron yurtdoshlarimizga oʻz vaqtida biometrik pasport olishlarida amaliy yordam koʻrsatilmoqda.

Yaqinda boʻlinma xodimlari Qipchoq ovul fuqarolar yigʻinida yashovchi keksa otaxon, 1927-yil 15-may kuni tugʻilgan Gulmirza bobo Saburovning uyiga borib, otaxonga yangi biometrik pasportni taqdim etishdi. Bundan tashqari, kam taʼminlangan fuqarolar, 1965-yil 15-mayda tugʻilgan Qurol Masharipov hamda uning turmush oʻrtogʻi, 1980-yil 23-oktyabr kuni tugʻilgan Nasiba Oʻrozboyevalarga tuman hokimligi tomonidan yangi biometrik pasport olishlari uchun davlat bojlari toʻlab berishdi. Ularning 2004-yil 2-iyun kuni tugʻilgan farzandi Islombek Oʻrozboyev esa qishki kiyim-bosh bilan taʼminlandi.

Shuningdek, tumanimizda yashovchi 536 nafar fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik pasportini olishlari uchun tegishli hujjatlari toʻplanib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga koʻra, fuqarolik pasportlari olishlariga yordam koʻrsatilmoqda. Ayni paytgacha, 148 nafar ana shunday fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik pasporti rasmiylashtirilib berildi.

Tuman hokimligi va mahalla fuqarolar yigʻinlari bilan hamkorlikda tizimli ishlar tashkil qilinib, 18 yoshga toʻlgan yoshlarga, shuningdek, maʼlum sabablar bilan fuqarolik pasportini yoʻqotib qoʻygan shaxslarga pasport olishda qulayliklar yaratilib kelinmoqda.   

 

A.UMAROV,
tuman IIB MvaFRB boshligʻi, katta leytenant.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019