QUMYoPLIK TOʻLGʻONOY MAHALLADOShLARIGA FOYDASI TEGIShIDAN XURSAND
Prezidentimiz tomonidan hayotga tatbiq etilgan va yoshlarning hayotini tubdan oʻzgartirib yuborgan 5 ta tashabbusning biri xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligini taʼminlash orqali jamiyatga faol aralashuviga koʻmaklashishdir.
Bu borada tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar eʼtiborga molik. Nafaqat uyushmagan xotin-qizlar, Balki imkoniyati cheklangan, nogironligi boʻlgan ayollar uchun ham teng mehnat sharoitlari yaratish, ularning ijtimoiy foydali mehnat bilan shugʻullanishlariga yordam berish maqsadida Xotin-qizlar qoʻmitasining ovul va mahallalarda faoliyat yurituvchi xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassislari uyma-uy yurib, oilalardagi muammolarni oʻrganishmoqda. Natijada nogironligi boʻlgan lekin mehnat qilish ishtiyoqi baland ayol-qizlar roʻyxati shakllantirilib, ularga kasanachilik faoliyati bilan shugʻullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratib berilmoqda.
Qumyop mahallasida istiqomat qiluvchi, 1995-yilda tugʻilgan Toʻlgʻonoy Bozorboyeva 2-guruh nogironi. U tengdoshlariga oʻxshab ishlashni, biron bir kasb bilan shugʻullanishni orzu qilardi. Yaqinda uning ana shu orzusi amalga oshdi. Tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan Toʻlgʻonoyning kasanachilik faoliyati bilan shugʻullanishi uchun sharoit yaratib berildi. zamonaviy rusumdagi tikuvchilik mashinasi bilan taʼminlandi.
Toʻlgʻonoyning bundan quvonchi cheksiz. Davlatimizning bu gʻamxoʻrligi unga kuch-quvvat bagʻishladi. Ayniqsa, u endi mahalladoshlariga ham xizmat qila olishidan juda xursand. Chiroyli, oʻzbekona liboslar tikib, ota-onasi, yaqinlarini xursand qilish niyatida.
Biz ham Toʻlgʻonoy Bozorboyevaga orzulari roʻyobga chiqarishida tilakdoshmiz.
Muyassar XALILLAYeVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶