Quyon göştining foydasini bilasizmi?
Quyonlar tez yetiluvçanligi, jadal ösişi bilan ajralib turadi. Masalan, buzoq bolasi 47 kunga kelib vazni ikki barobar oşsa, quyon bolasining vazni esa 6 kunga kelib ikki barobar ortadi. Bir oylik quyonning vazni 10 barobarga oşadi. Bunday jadal yetuluvçanlikka sabab quyon sutining yuqori ozuqaviy qiymatga egaligidir.
Quyonlar tuğilganidan söng tört oy ötib yetiladi. Tarkibi va foydali xususiyatlari jihatidan quyon göşti boşqa barça göşt turlaridan ustun turadi. Inson uçun 4-5 oylik quyonlarning göşti eng foydali hisoblanadi.
Quyon göşti tarkibida tölaqonli yengil hazm böluvçi oqsil, yoğ, vitamin va mineral moddalar, RR, S, V1, V6, V12 vitaminlar, makro va mikroelementlardan temir, fosfor, kobalt, ftor, magniy, kaliy, marganets, rux va boşqa moddalar mavjud.
Quyon göşti mol, buzoq, qöy va tovuq göştlariga nisbatan foydaliroq hisoblanib, tanada 90 % gaça özlaştiriladi va göşt mahsulotlarining oq turiga kiradi, puşti rangli, yumşoq, ziç, yoğsiz, nozik muşak tolalarga ega bölib, xalq tabobatida uning yoği ham köpgina kasalliklarni davolaşda, kosmetalogiyada, şuningdek farmatsevtika sanoatida ham işlatiladi.
Quyon göşti ateroskleroz rivojlanişining oldini oluvçi parhez göşt hisoblanadi. U barça insonlarga, ayniqsa bolalar, qariyalar, homilador va emizikli ayollarga foydali. Uni qandli diabet, gipertoniya kasalligida, yurak- qon tomir tizimi kasalliklarida, jigar, buyrak va öt yöli va ayrim oşqozon-içak kasalliklarida tavsiya etadilar. Onkologik bemor va ekologik nomaqbul joylarda yaşovçi insonlarga yordam beradi.
Parhezşunoslikda parhez mahsulot sifatida quyon göşti birinçi örinni egallaydi, söngra kurka göşti turadi.
Quyon göşti yurak -qon tomir tizimiga ijobiy taʼsir etib, gipertoniya, ateroskleroz va boşqa kasalliklar rivojlanişining oldini oladi. Oşqozon-içak yöli tizimi işlariga ijobiy taʼsir etib, uni şifokorlar oşqozon yara kasalligi, içak xastaliklarida, oşqozon osti bezi, jigar, buyrak va öt işlab çiqaruvçi yöllar kasalliklarida ovqat ratsioni tarkibiga kiritişni tavsiya etadilar. Boşqa göştlarga qaraganda tarkibida allergen moddalarning kamligi tufayli allergiyaga moyil insonlarga juda foydalidir. Yoş quyonlar göştida yem-xaşak orqali organizmiga tuşuvçi gerbitsid va pestitsidlar parçalanişidan paydo böluvçi oğir metallar tuzi va strontsiy-90 yiğilmaydi. Şu sababli mutaxassislar kimyoterapiya kursini oluvçi va yuqori radiatsiyaga ega bölgan yerlarda istiqomat qiluvçi insonlarga quyon göştini isteʼmol qilişni tavsiya etadi.
Sovutilgan quyon göşti sovutkiçda 3-4 kun davomida, muzlatilgan quyon göşti muzlatkiçda yarim yil davomida saqlanişi mumkin. Uni köpinça qovurib, dimlab, ayrim vaqtlarda qaynatib, dudlab yoki tuzlab isteʼmol qilinadi. Undan juda köp ovqat turlarini qiliş mumkin. Usta oşpazlar uçun quyon göşti qulay va köngildagidek.
Muhimi, hayvon göştlari içida quyon göştiga teng keladigani yöq.
J.Yavkaşev, tuman tibbiyot birlaşmasi
Salomatlik markazi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶