Beshovul mahallasida jinoyatchilik muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi
Yurtimizda fuqarolarning tinch va farovon hayot kechirishini taʼminlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlat idoralari, mahalla faollari va boshqa jamoatchilik tuzilmalarining ushbu yoʻnalishdagi faoliyatini birlashtirish orqali ishlar taʼsirchanligini oshirish maqsadida har haftaning payshanba kunida oʻtkaziladigan huquqbuzarliklar profilaktikasi doirasidagi chora-tadbirlar oʻz samarasini bermoqda.
Tumanning chekka hududida joylashgan Beshovul mahallasida jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va huquqbuzarlikka qarshi kurashishni kuchaytirish maqsadida yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishda tuman Ichki ishlar boʻlimi va mahalla fuqarolar yigʻini masʼullari, profilaktika inspektori va hudud faollari ishtirok etdilar.
Yigʻilishda asosan tumandagi taʼlim muassasalari, ovul va mahallalar, madaniy hordiq chiqarish va boshqa jamoat joylarida targʻibot-tashviqot tadbirlarining muntazam oʻtkazib borilganligi natijasida koʻplab ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni fosh etishga erishilayotgani taʼkidlandi. Shuningdek, har bir mahallani jinoyatchilikdan xoli hududga aylantirish, bu borada befarqlik, loqayd¬lik holatlariga barham berish jamiyatda tinch va osoyishta hayotni taʼminlashning asosiy shartlaridan ekanligi aytib oʻtildi.
Yigʻilish davomida mahalla fuqarolaridan biri boshqa tumanda oʻgʻirlik jinoyatini sodir qilganligi, ashyoviy dalillar bilan qoʻlga tushganligi, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual Kodeksining tegishli moddalariga koʻra jinoiy javobgarlikka tortilganligi boʻyicha tafsilotlarga keng toʻxtalib oʻtildi. Shuningdek, bu shaxsning oʻz qilgan jinoyatlari boʻyicha ayblanuvchi sifatida ishga jalb etilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilganligi, ayni paytda mazkur jinoyat ishi boʻyicha tegishli tezkor tergov-surishtiruv harakatlari olib borilayotganligi ham aytildi.
Undan tashqari, soʻzga chiqqan masʼullar jinoyat va huquqbuzarlik sodir etish holatlariga barham berishda oilalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni atroflicha oʻrganish, aniqlangan muammolarni joyida hal etish, bu jarayonda sektor rahbarlari, xotin-qizlar qoʻmitasi hamda jamoatchilik masʼuliyatini oshirish muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidlashdi.
Tuman Ichki ishlar boʻlimi, mahalla fuqarolar yigʻini masʼullari va faollari ishtirok etgan yigʻilishda barcha saʼy-harakatlarga qaramasdan, xuquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha kamchiliklar mavjudligi taʼkidlandi. Mazkur kamchilik¬larni bartaraf etish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda davlat idoralari, mahalla faollari va jamoatchilik tuzilmalarining hamjihatligini yanada mustahkamlash zarurligi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Orifjon Qosimov, IIB XPB katta inspektori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶