17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 19:23
Jamiyat 👁 223

Sud raislari ishtirokida oʻtkazilgan seminarda murojaatlar boʻyicha qonun hujjatlari mazmun-mohiyati keng tushuntirildi

Sud raislari ishtirokida oʻtkazilgan seminarda murojaatlar boʻyicha qonun hujjatlari mazmun-mohiyati keng tushuntirildi

Keyingi yillarda mamlakatimizda insonlarni qiynayotgan muammolarini oʻrganish, xalq uchun farovon, tinch hayot tarzini yaratishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Insonlarning huquq va erkinliklari himoyasi qonun hujjatlari bilan tobora mustahkamlanib borilmoqda.

Xususan, fuqarolar murojaatlarini oʻrganib chiqish va unda koʻtarilgan muammolarni yechimini topish borasida qonunchiligimiz yetarli darajada ishlab chiqilgan. Prezident farmonlari, qarorlaridan tashqari «Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, shuningdek, «Prokuratura toʻgʻrisida»gi Qonunining 7-moddasida «Fuqarolarning ariza va shikoyatlarini hamda yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish» tartibi belgilab qoʻyilgan.

Ushbu qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini aholiga keng targʻib qilish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar joylarda seminarlar, yigʻilishlar va boshqa targʻibot tadbirlarini tashkil qilishmoqda. Shunday tadbirlardan biri tumanimizdagi 82-maktabning faollar zalida boʻlib oʻtdi.

Seminarni 82-sonli maktab direktori Zafar Aqmanov ochdi hamda olib bordi. Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining mazmun-mohiyatini oʻquvchilarga tushuntirish, ular bilan ochiq muloqot qilish maqsadida tashkil qilingan seminarda tuman Iqtisodiy sudi raisi Oʻtkir Sobirov, Jinoiy ishlar boʻyicha sud raisi Sultonmurod Davletmurodov, Maʼmuriy ishlar boʻyicha sud raisi Munavvar Karimboyeva, Fuqarolik ishlar boʻyicha sud raisi Erkin Uteniyazovlar qatnashishdi. Seminar ochiq muloqot tarzida oʻtkazildi.

Oʻtkir Sobirov dastlab oʻz nutqida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining mazmun-mohiyati haqida toʻxtalib, huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashishda jamoatchilikning oʻrni muhim ahamiyatga ega ekanini, huquqiy madaniyatni oshirish uchun, avvalo, har bir kishi oʻz haq-huquqini bilishi lozimligini taʼkidladi. Bu borada sudlarning oʻrni haqida gapirib, sud organlari tomonidan muntazam ravishda tegishli huquqiy maslahatlar ham berib borilishini aytib oʻtdi.

Shuningdek, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murajaatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasida murojaatlarning shakllari va turlari belgilanganligi, unga muvofiq, murojaatlar ogʻzaki, yozma, yoki elektron shaklda boʻlishini tushuntirdi. Arizalar, takliflar va shikoyatlar murojaatlarning turlari hisoblanishini, murojaatlar, ularning shakli va turidan qatʼiy nazar, bir xil ahamiyatga egaligi haqida batafsil tushunchalar berdi.
Shundan keyin oʻquvchilarning mavzuga aloqador fikr-mulohazalari tinglandi. Oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. Xususan, oʻquvchilar tuman Iqtisodiy sudining faoliyati bilan qiziqdilar. Sud raisi taʼkidlaganidek, tuman Iqtisodiy sudi tomonidan fuqarolarning huquqiy ongini, madaniyatini oshirish, ularni qiynayotgan masalalar boʻyicha atroflicha tushuntirishlar berish maqsadida alohida rejalar tasdiqlangan.

Alohida rejalarga muvofiq, 2019-yil davomida jami 49 ta targʻibot ishlari amalga oshirildi. Shundan 15 tasini sayyor qabullar va uchrashuvlar tashkil etgan boʻlsa, 7 ta davra suhbatlari hamda “Mening mahallam-mening sudyam” dasturi boʻyicha aholi bilan 27 ta uchrashuvlar oʻtkazildi.

Seminarda tumandagi Iqtisodiy, Jinoiy, Maʼmuriy va Fuqarolik sudlari tomonidan odil sudlovni amalga oshirish, sudni “Adolat qoʻrgʻoni”ga aylantirish, xalq bilan toʻgʻridan-toʻgʻri yuzma-yuz ochiq suhbatlar koʻlami yanada kengaytirilgani aytildi. Shu qatorda fuqarolarning muammolarini hal qilishda yaqindan yordam berish orqali buzilgan huquqlarini tiklash boʻyicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olinib, bu boradagi ishlar mazkur yilda ham davom ettirilayotgani taʼkidlandi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019