NAVOIYXONLIK KEÇASI FAYZLI ÖTDI
Tumanimizdagi 14-sonli maktabda özbek tili fani öqituvçilari Dilfuza Gaipova, Feruza Xöjamurodovalar tomonidan taşkillaştirilgan “Söz mulkining sultoni” mavzusida Alişer Navoiy tavalludining 579 yilligiga bağişlangan adabiy-musiqiy keça ötkazildi.
Keçada öquvçi-yoşlar Navoiy hayoti va ijodiga bağişlangan maʼnaviy-maʼrifiy maʼruzalar öqişdi. Şoir yaşagan davr haqida öz tasavvurlarini bayon etiş asnosida Navoiyning ilm-fan, madaniyat va maʼrifatni rivojlantiriş, şahar va qişloqlarni obodonlaştiriş, madrasa va masjidlar, yöllar, köpriklar, sardabalar quriş kabi bunyodkorlik işlari bilan ham öz davrida yuksak obrö-eʼtibor qozonganini iftixor bilan sözladilar.
Ayniqsa, Navoiyning ilm ahliga, adabiyot ahliga körsatgan beğaraz yordami, homiyliklari bugungi davr kişilari uçun ham juda katta ibrat maktabi ekanligini taʼkidlaşib, şunday uluğ zotning avlodlari ekanliklaridan faxrlandilar.
Keçada öquvçi-yoşlar Navoiy asarlaridan parçalarni ifodali öqişib, ğazal va tuyuqlarini yoddan aytib beriş bilan birga, ularning maʼno va mazmunlari haqida öz fikrlarini bildirdilar.
Bölib ötgan Navoiyxonlik keçasi öquvçilar qalbida insoniylik, xalqparvarlik, döstlik, vatanparvarlik tuyğularini yanada mustahkamladi.
Muyassar XALILLAYeVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶