“Uluğ mutafakkir xotirasiga ehtirom” nomli badiiy keça ötkazildi
Tumanimizdagi barça taʼlim muassasalari qatorida 53-sonli umumtaʼlim maktabida ham ğazal mulkining sultoni Nizomiddin mir Alişer Navoiy tavalludi keng nişonlandi.
Taʼlim maskanida 9-fevral Alişer Navoiy tavalludiga 579-yil tölişi munosabati bilan ajoyib bayram tadbiri taşkil etildi.
Aytiş joizki, adib özbek mumtoz adabiyotida munosib iz qoldirgan. Uning buyuk merosi avlodlar maʼnaviyatini yuksaltirişga xizmat qilib kelmoqda. Tadbirni oçib bergan maktab direktori Hakimboy Madaminov Navoiyning avlodlarga qoldirgan maʼnaviy merosi, uning lirik hamda nasriy asarlari xususida sözladi.
Taʼkidlanganidek, uluğ mutafakkir, söz mulkining sultoni Alişer Navoiyning boy maʼnaviy merosi asrlar oşa butun başariyatni hayratga solib kelmoqda. Alişer Navoiy dunyo adabiyoti tarixida tengi topilmas bir siymo hisoblanadi. Isteʼdodining uluğvorligi-yu teranligi jihatidan ham, xalqparvar davlat arbobi sifatida jamiyatda tutgan yuksak mavqei yuzasidan ham, ilm-fan, madaniyat va sanʼat, adabiyot ahliga körsatgan homiyligi jihatidan ham öxşaşi yöq siymodir.
Şuningdek, mamlakatimizda mustaqillik yillarida şoir xotirasi abadiylaştirilgani uning jahon adabiyoti xazinasiga qöşgan buyuk hissasi hamda isteʼdodiga bölgan yuksak hurmat ifodasi ekani taʼkidlandi.
Badiiy keçada maktabning maʼnaviyat-maʼrifat işlari böyiça direktor örinbosari Nurimmat Eşboyev sözga çiqib, öquvçilarni şunday buyuk ajdodlarga munosib farzand bölişga, öqib, ilm örganib kelajakda Vatan ravnaqiga hissa qöşadigan avlod bölişga daʼvat qildi. Şuningdek, şoirning tengsiz maʼnaviy merosini qunt bilan örganişga, asarlaridagi çuqur maʼno-mazmunni anglab, dunyoqaraşlarini yanada kengaytirişga çorladi hamda u zotning tavalludi sanasini munosib nişonlaş har birimizning burçimiz ekanligini alohida taʼkidladi.
Darhaqiqat, Alişer Navoiyning tavallud ayyomi xalqimiz, butun dunyo uçun adabiyot bayrami, desak, arziydi. Boisi, Alişer Navoiy özining ijodi, insoniy ğoyalari bilan butun dunyoda ezgulikni, insonparvarlikni, yaxşilikni tarannum etgan. Hazratning söz mulkining sultoni, deb atalişi ham bejiz emas. Şu paytgaça dunyo adabiyotida uluğ mutafakkir bobomizçalik biron ijodkor öz ijodida köp va xöb söz işlatgan emas. U kişining maʼnaviy merosi xalqimiz uçun bitmas-tuganmas xazinadir.
Tadbirda öquvçilar tomonidan şoirning ğazallari, ruboiylaridan parçalar aytildi. Öquvçilar adibning nasriy asarlaridagi qahramonlar obrazlariga kirib qiziqarli sahna körinişlarini ijro qildilar. Badiiy keçani maktabning deyarli barça fan öqituvçilari yuqori qiziqiş bilan tomoşa qildilar. Öquvçi qizlarning Navoiy ğazallariga bastalangan qöşiqlariga ijro qilgan raqslari barçaga kötarinki ruh bağişladi.
Badiiy keça Vatanni madh etuvçi kuy-qöşiqlar bilan yakunlandi.
Çaros Arslonova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶