“Ajdodlar merosi mangu muqaddas” nomli badiiy keça ötkazildi
Alişer Navoiy turkiy til asosçisi, uluğ mutafakkir şoir, olim. Nafaqat özbek mumtoz adabiyotida, balki jahon adabiyotida ham özining betakror asarlari bilan öçmas nom hamda avlodlar maʼnaviyatini yukslatiruvçi buyuk meros qoldirgan. Butun mamlakatimizda adabiyot, söz sanʼatining mohir ustasi Nizomiddin mir Alişer Navoiyning tavalludi kuni munosabati bilan turli xil tadbirlar taşkil qilinadi. Uşbu tadbirlarda buyuk siymo Alişer Navoiy xotirlanadi, eʼzozlanadi hamda ehtirom körsatiladi.
Tumanimizda ham uşbu sana keng miqyosda nişonlanadi. Barça taʼlim maskanlarida adabiy-badiiy keçalar taşkil qilinib, öquvçilar turli çiqişlar bilan moziyga sayohat qilişadi. Şu kabi ajoyib tadbirlardan biri tumanimizdagi 60-sonli umumtaʼlim maktabida ham bölib ötdi.

“Ajdodlar merosi mangu muqaddas” deya nomlangan tadbirni maktabning ona tili va adabiyot fani öqituvçisi Feruza Ğaniyeva oçdi hamda olib bordi. Ustoz öz sözida, Alişer Navoiyning özbek mumtoz adabiyotida tutgan örni hamda ahamiyati, jahon xalqlarining maşhur olimlari tomonidan adibning asarlarini köplab çet tillariga tarjima qilinganligi, sevib mutolaa qilinişi hamda mutafakkir asarlarining mazmun-mohiyati haqida töxtalib ötdi.
Badiiy keçada maktabning yuqori sinf öquvçilari iştirok etişdi. Bilimga çanqoq öquvçilar özlarining Alişer Navoiy hayoti va ijodi, ayniqsa, şeʼriyatiga bölgan qizişlarini, bilimlarini namoyiş qilişdi hamda mutafakkir ijod mahsullaridan namunalar keltirişdi. Maktabning 5-sinf öquvçilari adibning ruboiylaridan va “Xamsa” asarining birinçi dostoni, axloqiy-didaktik ruhda yozilgan asar “Hayrat ul abror”dan parçalarni yiğilganlar eʼtiboriga havola qildilar. Şuningdek, 6-sinf öquvçilari Navoiy hikmatlaridan namunalar keltirdilar hamda özbek adabiyotining zabardast vakili Mirkarim Osimning adib bolaligiga bağişlangan “Zulmat içra nur” asaridan sahna körinişlarini ijro qildilar.
Taʼkidlaş joizki, Alişer Navoiy öz asarlari bilan jahon şoir-u mutafakkirlarini lol qoldirgan. Dunyoning maşhur kişilari öz asarlarida buyuk siymoga ajoyib taʼriflar keltirib ötganlar. Bu esa maktabdagi izlanuvçan 7-sinf öquvçilarining diqqatini tortdi. Öquvçilar öz çiqişlarida jahonning maşhur kişilarining Navoiyga bergan taʼriflarini keltirib, Alişer Navoiyga bağişlab yozilgan şeʼrlardan namunalar aytib, u haqidagi asarlardan sahna körinişlari namoyiş qildilar.
Undan taşqari, 8-sinf öquvçilari Navoiy şeʼriyatidan ğazallar hamda ruboiylar aytişib, şeʼriyat gulşaniga sayohat qildilar. Öquvçilar şoirning “Kelmadi”, “Böldum sanga”, “Bol”, “Qilğil” va “Deyin” radifli ğazallarini ifodali tarzda aytişib, ğazallarning mazmuni haqida tuşunçalar berdilar. 9-sinf öquvçilari esa Navoiy ijodining gultoji bölgan “Xamsa” asarining tarixi, asar tarkibidagi dostonlarda aks etgan mazmun-mohiyat haqida maʼlumotlar keltirdilar.
Adabiy-badiiy keça barça iştirokçilarda katta taassurot qoldirib, adabiyotga, söz sanʼatiga qiziqişlarini yanada oşirdi.
Çaros Arslonova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶