Oʻzbekistonda 2022-yilda aholini roʻyxatga olish ishlari olib boriladi
Mamlakatimiz aholisi sonini aniq hisoblab chiqish, ularning jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli, maʼlumoti, turmush darajasi, yashash sharoiti, bandligi, millati, fuqaroligi hamda boshqa demografik, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari boʻyicha yagona maʼlumotlar bazasini yaratish maqsadida davlatimiz rahbari tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish kontseptsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi.
Mazkur hujjat bilan tasdiqlangan kontseptsiyaga asosan Oʻzbekistonda 2022-yilda aholini roʻyxatga olish ishlari olib borilishi koʻzda tutilgan. Kontseptsiyaga koʻra, har bir masʼul tashkilotlarga tegishli vazifalar belgilab berilgan va aholini roʻyxatga olishni oʻtkazish boʻyicha vakolatli organ Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi hisoblanadi.
Mazkur jarayon 3 bosqichda amalga oshirilishi nazarda tutilgan boʻlib, aholini roʻyxatga olish barobarida, yana bir muhim vazifani bajarish koʻzda tutilgan. Bu hududlarda xaritalash, aholi punktlaridagi uylarning roʻyxatini tuzish bilan bogʻliq masala, turar va noturar joylarning aniq soni, holati, foydalanilmay yotgan yoki muddatini oʻtagan binolarni belgilab olish bilan tegishli hududlarda uy-joy, sanoat obʼektlarini qurish hamda taʼmirlash masalalariga oydinlik kiritish mumkin boʻladi.
Bundan tashqari, farmonga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini roʻyxatga olishni oʻtkazishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi ham tasdiqlandi. Mazkur farmon bilan mamlakatimizda 2022-yilda aholini roʻyxatga olishni oʻtkazishga koʻmaklashish boʻyicha respublika va joylarda hududiy komissiyalar tashkil etildi. Ularning asosiy vazifalari hududlarda aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish, oʻtkazish va natijalarni eʼlon qilishga doir chora-tadbirlarning oʻz vaqtida hamda sifatli bajarilishini taʼminlashdir.
Roʻyxatga olish olish jarayonida toʻplanadigan statistik maʼlumotlar endilikda yagona elektron ahborot tizimiga kiritiladi. Natijada respublikamiz hududidagi shahar, tumanlardan tortib, mahallasi-yu koʻchasigacha, chekka qishlogʻ-u olis ovullarigacha aloqador barcha maʼlumotni oʻzida aks ettirgan yagona axborot bazasiga ega boʻladi. Bu qimmatli maʼlumotlar esa bugun, ertaga va yaqin kelajak avlodlarimiz uchun juda zarurdir.
H. Haytimbetov, tuman Statistika boʻlimi boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶