UCh YILLIK MEHNAT STAJI HAQIDAGI MAʼLUMOTNOMANI 500 AQSh DOLLARIGA BAHOLAShDI
U kimligiga qiziqayapsizmi? Haqiqiy ismini oʻzgartirib, oliy maʼlumotli pedagog boʻlib, oʻquvchi-yoshlarga taʼlim-tarbiya berayotgan Sarvara G. ismli tanishining (barcha ismlar oʻzgartirilgan) singlisiga uch yillik pedagogik staj haqida maʼlumotnoma olib berish evaziga 500, oliygohning maxsus sirtqi boʻlimiga tanishlari orqali oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga esa 3000 AQSh dollari soʻragan.
Oilasidan ajrashgan, ikki nafar farzandning onasi boʻla turib, bu ishlarning nomaqbul ekanligini bilsa-da, Sarvara oʻzini jinoyatga chorlagan, muqaddam 2010-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi, 2014-yilda 168-modda va 211-modda 2015-yil 169-moddasi va 168-moddasining tegishli qismlari bilan aybdor deb topilib sudlangan, sudlanganlik holati hali tugallanmagan Maʼmura bilan sheriklikda koʻp pul topib, tez boyib ketishni oʻyladi.
Ammo huquqni muhofaza qiluvchi organlar G.ning arizasiga muvofiq tezkor tadbir tashkil qilib, Sarvarani G.dan 3500 AQSh dollarini olayotgan vaqtida jinoyat ustida qoʻlga olishdi. Sarvara esa asli uni jinoyatga yetaklagan Maʼmura ekanligini, ushbu pullardan oʻziga faqat 200 AQSh dollarini olishini, qolganini sherigiga berishi lozimligini bildirdi. U hamtovogʻini osongina sotgani uchun tadbir davom ettirilib, Maʼmura ham qoʻlga olindi va sud hukmiga koʻra, ikkalasiga ham tegishli jazo tayinlandi.
Har qancha harakat qilinsa ham qingʻir ish baribir fosh boʻladi va bunday ishga qoʻl urganlar qonunga muvofiq oʻz jazosini oladi.
S.DAVLETMURODOV,
Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶