ŞOIRLARNING SULTONI – NAVOIY
Alişer Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni taşkil etadigan buyuk şaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning ğururi, şaʼni-şarafini dunyoga tarannum qilgan söz sanʼatkoridir.
Taʼbir joiz bölsa, olamda turkiy va forsiy tilda sözlovçi biron-bir inson yöqki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va eʼtiqod bilan qaramasa. Inson qalbining quvonç-u qayğusini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan şoir jahon adabiyoti tarixida kamdan-kam topiladi. Ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglaş tuyğusi ham bizning ong-u şuurimiz, yuragimizga eng avvalo Navoiy asarlari bilan kirib keladi. Biz bu bebaho merosdan xalqimizni qançalik bahramand etsak, milliy maʼnaviyatimizni yuksaltirişda, jamiyatimizda ezgu, insoniy fazilatlarni kamol toptirişda şunçalik qudratli maʼrifiy qurolga ega bölamiz.

Alişer Navoiy tavalludining 579 yilligi munosabati bilan 38-sonli umumiy örta taʼlim maktabning 5”B”-sinf öquvçilari tomonidan adabiy keça ötkazildi. Maktab sahnasi keçaga mos ravişda gullar, bukletlar, bobokalonimizning surati bilan bezatildi, devoriy gazetalar, fotoalbom, Navoiy asarlari körgazmasi taşkil etildi.
Adabiy keçani maktabimizning maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça direktor örinbosari Nilufar Tojimurodova oçib berdi. U öz sözida Navoiyning özbek adabiy tilining, mumtoz adabiyotining asosçisi, şarq badiiy va falsafiy tafakkurini jamlab, yangi poğonaga kötara olgan mutafakkir ekanligini faxr bilan tilga oldi. Şuningdek, bobokalonimiz Temuriylar davlatining yirik arbobi, adolat himoyaçisi, ilm-u irfon, madaniyat va şeʼriyat homiysi, ustoz-murabbiy sifatida tarixda nom qoldirganini ham aytib ötdi.

Keçada öquvçilar tomonidan Alişer Navoiy hayoti va ijodi haqida maʼlumotlar, uning şeʼrlari, ğazallari, hikmatli sözlari aytildi. Undan taşqari, “Alişer va gado” nomli sahna körinişi ham namoyiş etildi. Keça davomida kuy, qöşiq va raqslar ijro qilinib, hammaga xuş kayfiyat bağişladi.
Bölib ötgan tadbir öquvçilar qalbida Navoiy adabiy merosiga çeksiz hurmat va eʼtibor tuyğularini yanada mustahkamladi.
Nodira QURBONBOYeVA, 38-sonli maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶