17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 20:47
Jamiyat 👁 664

Tumanda bepul huquqiy maslahat beriladigan “Madad” NNT huquqiy-maslahat byurosi ish boshladi

Tumanda bepul huquqiy maslahat beriladigan “Madad” NNT huquqiy-maslahat byurosi ish boshladi

Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda fuqarolarning huquqiy savodxonlik darajasini oshirish, aholiga bepul yuridik yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining taklifiga binoan Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-sentyabrdagi “Aholiga  huquqiy axborotni yetkazish va yuridik yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan  tashkil etilgan “Madad” — muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti tashkil etilgan edi.

Tashkilotning asosiy vazifasi fuqarolarga huquqiy masalalar boʻyicha onlayn maslahatlar va tushuntirishlar berish yoʻli bilan birlamchi bepul huquqiy yordam koʻrsatishdan iborat.

Undan tashqari, tashkilot tomonidan fuqarolarning huquqiy bilimlarini ijtimoiy-siyosiy oʻzgarishlar bilan uygʻun ravishda oshirib borish ishlariga koʻngillilarni safarbar etish, fuqarolar tomonidan huquqiy maslahat berishga oid soʻrovlarni tahlil qilib borish, tahlil natijasiga koʻra huquqni qoʻllash amaliyoti va amaldagi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish kabi vazifalar ham amalga oshiriladi. Shu qatorda tashkilot masʼullari aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda innovatsion usullarni, xorijiy davlatlarning bu boradagi ijobiy tajribalarini tatbiq etish bilan ham shugʻullanadi.

Bepul huquqiy maslahat berish bilan birga “Advice.uz”, yaʼni e-maslahat.uz huquqiy axborot portalining muntazam ravishda yuritilishi va yangilab borilishini ham taʼminlaydi.

Ushbu  huquqiy axborot portali 2019-yil  aprel oyidan boshlab, ishga tushirilgan boʻlib, unda jamoatchilik turmushining hamma jihatlarini oʻz ichiga olgan asosiy huquqiy turdagi masalalar boʻyicha mingdan ortiq kontentlar joylashtirilgan. Mazkur portal orqali Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar onlayn rejimda bepul huquqiy maslahat olishlari uchun imkoniyatlar yaratilgan. Bu ham  oʻz navbatida aholining huquqiy ongini oshirishda yaratilgan qulayliklarning bir koʻrinishi boʻlib hisoblanadi.  

“Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkilotining “Advice.uz” huquqiy axborot portaliga onlayn tarzda kelib tushadigan murojaatlarning klassifikatsiyasiga nazar tashlasak, ular asosan mehnat munosabatlari, oilaviy munosabatlar, uy-joy va kommunal masalalar, fuqarolik, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy himoya, talim, sud-huquq masalalari, tadbirkorlik, soliqlar, davlat xizmatlari, transport, isteʼmolchi huquqi va boshqa sohalar bilan aloqador savollardan iborat.

Qarorga asosan, “Madad” – muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkilotining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boʻlinmalarini, shuningdek, tumanlarda ularning huquqiy maslahat byurolarini bosqichma-bosqich tashkil etish rejalashtirilgan boʻlib, Amudaryo tumanida joriy yilning yanvar oyidan ishga tushirildi.

Hozirgi kunda “Madad” NNT huquqiy-maslahat byurosi tomonidan tuman aholisiga bepul huquqiy yordam koʻrsatish ishlari yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, kerakli maslahatlar berilmoqda.

Tumanda oʻz faoliyatini boshlagan “Madad” NNT huquqiy maslahat byurosi fuqarolarni qiziqtirgan barcha sohalar, yaʼni mehnat munosabatlari, oilaviy munosabatlar, uy-joy va kommunal masalalari, fuqarolik, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy himoya, talim, sud-huquq masalalari, tadbirkorlik, soliqlar, davlat xizmatlari, transport, isteʼmolchi huquqlari kabilar boʻyicha yuzaga kelgan muammoli vaziyat boʻyicha bepul huquqiy maslahat berishga doim tayyor.

Aygul Masheripova, “Madad” NNT tuman huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019