17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 20:47
Jamiyat 👁 529

Bobur nomli ovulda “Yosh kelin-kuyovlar innovatsion maktabi”ning koʻchma oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi

Bobur nomli ovulda “Yosh kelin-kuyovlar innovatsion maktabi”ning koʻchma oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi

Oʻzi ildiz qoʻygan zamindan uzilib, tamoman boshqa muhit va iqlim sharoitiga moslashish uchun niholga alohida eʼtibor va parvarish talab etiladi. Yangi bunyod boʻlgan oila ham misoli yangidan oʻtqazilgan niholga oʻxshaydi. Taʼbir joiz boʻlsa, yosh oilaga nihol kabi katta eʼtibor va ragʻbat zarur. Ikki yoshning til topishib, ahil-inoqlikda oʻz oila qoʻrgʻonlarini mustahkamlashlari uchun eng avvalo ularga atrofidagilarning mehr-muhabbati, oila tutumlari, anʼana va qadriyatlari yuzasidan maslahat va oʻgitlari juda zarur.

“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining tuman boʻlimi qoshida tashkil etilgan “Yosh kelin-kuyovlar innovatsion maktabi”da yangi oila qurayotgan yoshlarni oila hayotiga tayyorlash maqsadida ularni qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan mutaxassislarni jalb qilgan holda rejaviy mashgʻulotlar olib boriladi. Bundan toʻrt oy muqaddam, 2019-yilning oktyabr oyida oʻz faoliyatini boshlagan “Yosh kelin-kuyovlar innovatsion maktabi” tinglovchilari kun sayin oshib bormoqda. Oʻtgan vaqt davomida 4 ta guruhda salkam 100 nafarga yaqin yoshlar oila qadriyatlari, odob-axloq meʼyorlari yuzasidan saboq oldilar.

Yaqinda yana tumanimizning Bobur nomli ovulidagi 86-sonli umumtaʼlim maktabi binosida “Yosh kelin-kuyovlar innovatsion maktabi”ni koʻchma oʻquv-mashgʻulotlari oʻtkazildi. Unda ovulning 20 nafar  yoshlari ishtirok etishdi.

Koʻchma oʻquv-mashgʻulotida Hoji Eshon bobo jomʼe masjidi imom-xatibi Rajabboy maxsum Habibullayev “Islom dinida oila aʼzolarining oʻrni va mavqei, nikoh, taloq, koʻp xotinlilik masalasi hamda  oilaviy nizolarning oldini olish, farzand tarbiyasida ota-onaning burchi” mavzusida maʼruza qildi. Ochiq dars shaklida oʻtkazilgan oʻquv-mashgʻuloti davomida tinglovchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Oʻz navbatida Rajabboy maxsum Habibullayev ulugʻ ajdodlarimiz tomonidan muqaddas tutilgan oila qadriyatlari, erning oila va rafiqa oldidagi, rafiqaning eri va qaynota-qaynonaga munosabat masalasidagi burch va maʼsuliyatlari, majburiyatlari haqida keng tushunchalar berdi. Ayniqsa, ota-onalarimiz amal qilgan oila anʼanalari, milliy mentalitetimizga mos urf-odatlar, maʼnaviy qadriyatlar, shuningdek, zamonaviy oilada shakllantirilishi lozim boʻlgan axloqiy qadriyatlarga keng toʻxtaldi.

Oʻquv-mashgʻulotida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tuman boʻlimi rahbari Gulshod Yusupova “Oiladagi ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish orqali oilaviy muammolarni bartaraf etishda mahallaning oʻrni hamda yosh oilalar bilan ishlashishda “Oila” markazi zimmasidagi vazifalar” yuzasidan qoʻshimcha dars oʻtdi. Gulshod Yusupova oʻz darsi davomida har bir tinglovchining faolligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratdi. Xususan, yosh kelin-kuyovlarning diniy, axloqiy hamda oila qadriyatlari yuzasidan bilim va koʻnikmalari oʻquv-mashgʻulotidan olgan taassurotlari bilan qiziqdi.

Qizgʻin savol-javoblar, munozarali fikrlar asosidagi darslar tez-tez oʻtkazilib turilishi lozimligini taʼkidladilar. Tinglovchilar hayotda hamisha asqotadigan oila  masalalari boʻyicha haqiqiy islomiy bilimlar, maʼnaviy-axloqiy mavzudagi mashgʻulotlar yosh oilalar uchun haqiqiy turmush saboqlari boʻlib xizmat qilishini bildirdilar.

R.YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019