Oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida “Men ham qutqaruvchi boʻlaman” musobaqasi oʻtkazildi
Mamlakatimizda davlatimiz rahbarining yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularning madaniyat va sportga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish, yoshlarni kitobxonlikka keng jalb qilish maqsadida ilgari surilgan besh tashabbusni keng targʻib qilish maqsadida koʻplar chora-tadbirlar amalga oshirilimoqda.
Shu maqsadda 21-fevral kuni tumanimizdagi 16-sonli ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktabida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tuzilmalarining xizmat va jangovar tayyorgarligini tashkil etish boʻlimi hamda tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi tomonidan tadbir oʻtkazildi. “Besh tashabbus - besh imkoniyat” shiori ostida yuqori saviyada tashkil qilingan tadbir doirasida “Men ham qutqaruvchi boʻlaman” musobaqasi oʻtkazildi.
Tadbirni maktab direktori Ravshanoy Oʻrozboyeva kirish soʻzi bilan ochib, besh tashabbusni keng targʻib qilish yuzasidan maktabda amalga oshirilayotgan ishlar xususida maʼlumotlar berib oʻtdi.
Shundan soʻng, tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi, mayor Hamro Matyakubov yurtimizda Favqulodda vaziyatlar tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, mazkur sohani yangi, zamonaviy texnika va zaruriy jihozlar bilan taʼminlash borasidagi olib borilayotgan muayyan ishlar, shuningdek, yoshlarimizning bilimli, yuksak salohiyatli, mahoratli, kadrlar boʻlib yetishishlari uchun joriy qilingan chora-tadbirlar haqida qisqacha toʻxtaldi. Prezidentimizning “Bizga koʻr-koʻrona mardlik emas, ilmli, aql-idrok va himmat bilan qilinadigan zoʻr mahorat bilan bajariladigan jasorat kerak” degan iboralariga amal qilgan holda har bir yosh oʻz bilimi, dunyoqarashi va salohiyatini oshirish yoʻlida tinimsiz mehnat qilishi, izlanishi va oʻz ustida muntazam ishlashi kerakligini ham taʼkidlab oʻtdi.
Qolaversa, davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga yoʻllagan murojatnomasida belgilanganidek, joriy “Ilm maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”ida jamiyatda yoshlarning roli va obroʻsini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yoshlar bilan ishlashda ularning qiziqishlari, takliflarini oʻrganish hamda yosh avlod muammolarini hal qilishga amaliy yordam berish, ularga maʼnaviy, maʼrifiy, ilmiy tomonlama qulayliklar yaratishga xammamiz birdek masʼul ekanligimizni ham aytib oʻtdi.
Soʻngra, musobaqa shartlari hamda qatnashuvchi jamoalar tanishtirib oʻtildi. Unga koʻra, musobaqada “Zukkolar”, “Chaqqonlar”, “Bilimdonlar” jamoalari - oʻz guruhini tanishtirish, rasm chizish yoki maket ishlash, tayyorlangan rasm va maketlarni namoyish etish, qutqaruvchining maxsus kiyimini qoidasiga rioya qilgan holda kiyish, krossvord yechish, arqon tortish, shaxmat va shashka oʻynash, kompyuter texnologiyalarida rasm chizish kabi shartlar boʻyicha bellashdilar.
Musobaqa uyushqoqlik bilan oʻtkazildi. Bahs-munozaraga boy boʻlgan ushbu musobaqada barcha jamoalar aʼzolari oʻz faolliklarini namoyish etdilar. Musobaqaning yakuniy natijalariga koʻra, faxrli 1- oʻrinni “Bilimdonlar” jamoasi, “Chaqqonlar” jamoasi 2-oʻrinni va 3-oʻrinni esa “Zukkolar” jamoasi egalladi.
Musobaqa ishtirokchilarini taqdirlash, ularga estalik sovgʻalarini berish uchun taklif etilgan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi katta ofitseri mayor Azizbek Eshmetov gʻolib jamoalarni tabrikladi va bugungi kunda yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoyasi, ularning jamiyat hayotidagi roli va faolligi oshirish, yosh avlodni sogʻlom va barkamol qilib tarbiyalash, oilada maʼnaviy-axloqiy muhitni shakllantirish eng ustuvor vazifalar ekanligini aytib oʻtdi. Shundan soʻng, musobaqa gʻoliblariga Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi tomonidan tayyorlangan diplom hamda esdalik sovgʻalarini topshirdi.
Bu kabi musobaqalar yoshlar qalbidagi vatanparvarlik, insoniylik kabi ezgu xislatlar yanada mustahkamlanishida katta ahamiyat kasb etadi va ularning maʼnan va jismonan sogʻlom, jasur va mard boʻlib ulgʻayishlarida muhim oʻrin tutadi.
Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶