17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 21:38
Jamiyat 👁 558

MAKTABGAChA TAʼLIM TAShKILOTI TARBIYaChILARINING “BALLI, QIZLAR!” KOʻRIK-TANLOVI OʻTKAZILDI

MAKTABGAChA TAʼLIM TAShKILOTI TARBIYaChILARINING “BALLI, QIZLAR!” KOʻRIK-TANLOVI OʻTKAZILDI

Bahor – biri-biridan goʻzal bayramlar fasli. Uning ilk kuni – 1-martdanoq baxt va mangu bahor kuychisi shoira Zulfiyaxonim tavalludiga bagʻishlangan sheʼriyat kechalari, mushoiralar boshlanadi. Har bir adabiyot shinavandasi qalbida Zulfiya nomi takror-u takror jaranglaydi. Shoiraning hayoti va ijodiy faoliyati bilan bogʻliq aziz xotiralar tilga olinadi.

Jahonga taniqli soʻz sanʼati dargʻalarining oʻzbekning nazokatli, qalbi sadoqat nurlaridan munavvar, hijronga boʻy bermagan vafo malikasi Zulfiyaxonim haqida toʻlib-toshib, toʻlqinlanib aytgan soʻzlari, fikrlari quvvai hofizamizda jonlanadi. Zulfiyaning dilbar sheʼrlari jarang sochadi har bir goʻshada. Oʻzbekning hazrati Ayoli – Zulfiyaxonimni xotiralash, bu zoti mukarramaga hurmat va ehtirom koʻrsatish xalqimiz uchun doimiy anʼanaga aylangan.


Ayni kunlarda tumanimizda ham Zulfiyaxonim tavalludining 105 yilligiga bagʻishlangan sheʼriyat kechalari boʻlib oʻtmoqda. Yaqinda tuman Madaniyat markazi binosida Zulfiyaxonim tavalludining 105 yilligi hamda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlangan “Balli, qizlar!” koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi. Tuman Maktabgacha taʼlim boʻlimi tomonidan tashkillashtirilgan koʻrik-tanlovda 73-,24-,42-,38-,2-,13-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachilari oʻzaro bellashdilar.

Asosiy 5 ta shart boʻyicha oʻtkazilgan koʻrik-tanlovda ishtirokchilarning avvalo til va adabiyot boʻyicha nechogʻlik bilimga ega ekanliklariga  eʼtibor qaratildi. Yaʼni, oʻzlarini sheʼriy tanishtirish asnosida ishtirokchilarning  oʻz ona tiliga eʼtibori, nutqiy madaniyati, kasb etikasiga amal qilishlariga ahamiyat  berildi.
Bevosita sheʼriyatga taalluqli boʻlgan ikkinchi shart esa Zulfiya sheʼrlari asosida bahri-bayt aytish bilan davom etdi. Ushbu shartda ishtirokchilarning Zulfiya ijodiga boʻlgan eʼtibori, sheʼr tanlash sanʼati, har bir satrni ifodali oʻqishi inobatga olindi.

Koʻrik-tanlovning uchinchi sharti yanada qiziqarli va hayajonli boʻldi. Bu shartda ishtirokchilar oʻzlariga ajratilgan 15 daqiqalik vaqt ichida qoʻl mehnatining moʻʼjizasi sifatida rang-barang gulqogʻozlardan erkin syujet, biron bir manzara yoki holat yaratishi talab etildi.

Toʻrtinchi shart ijrosi uchun 10 daqiqalik vaqt berildi. ushbu vaqt ichida ishtirokchilar erkin mavzuda oʻz sanʼatlarini namoyish etishdi. Ishtirokchi qizlar Shohida Hayitboyeva, Shohista Kazakova, Feruza Oʻrozmetova, Yulduz Usmonova, Zevar Iskandarova hamda Iroda Bobojonovalar biri-biridan qolishmasdan oʻz mahoratlarini koʻrsatdilar. Sheʼr-u qoʻshiq, raqslar ijrosidan koʻrik-tanlovni kuzatib borayotgan tomoshabinlar ham mamnun boʻlishdi.


Oʻzlarining pazandalik sanʼatlarini 15 daqiqalik vaqt ichida mahorat bilan namoyish etgan qizlar bahoriy salatlar tayyorlashda hakamlar hayʼati aʼzolarini ham hayratlantira oldilar.

Oʻzbekning otashnafas shoirasi Zulfiyaxonim dahosiga cheksiz hurmat-eʼtirom, yaqinlashib kelayotgan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʻishlab oʻtkazilgan “Balli, qizlar!” koʻrik-tanlovi barchaga biri-biridan zavqli lahzalarni hadya etdi. Vafo va sadoqatni, bahorni madh etuvchi sheʼrlar ohangi qalblarga sohir tuygʻularni joylab, bellashuvda oʻz mahoratlarini namoyish etgan qizlar ijrosidagi dilbar ashula va raqslar, topqirlik bahsiga chorlovchi bahri-baytlar har dilda havas uygʻotib, koʻngillarga xushnudlik bagʻishladi.

Koʻrik-tanlov gʻoliblari tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019