17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 21:38
Jamiyat 👁 445

UNUTILGAN ODAM

UNUTILGAN ODAM

Ismoil binoyiday ishlab, oilasini yaxshigina taʼminlab yurganidan oʻzicha xursand, hayotidan mamnun edi. Umr yoʻldoshi Ziyodaxon oʻqituvchi, hatto taniqli repetitor, oʻzi esa tumandagi nufuzli bir korxonada iqtisodchi edi. Biri-biridan shirin Malika, Madina, Malohat, Umida ismli qizaloqlari uning oilasiga koʻrk, quvonch bagʻishlab ulgʻayishardi...

Hamma dilxiraliklar Ismoilning xizmat safariga chiqqanidan soʻng boshlandi. Iqtisodchilarning uch kunlik  hududiy oʻquv-seminariga borib-keldi-yu, Ismoil oʻzgardi-qoldi. Avvaliga Ziyoda erini uzoq safarda charchaganga yoʻydi. Lekin bu “charchoq”ning adogʻi boʻlmagach, sogʻligida biron kamchilik bormikan, degan oʻyda:

– Shifokorga koʻrinasizmi? – dedi bir kuni.

Ismoil indamadi-yu, oradan hech qancha vaqt oʻtmay, yana xizmat safariga otlandi.

– Buxoroga, malaka oshirishga joʻnatishyapti ishxonadan, – dedi xotinidan koʻzlarini olib qochib.

– Qancha vaqtga? – koʻnglida kiri yoʻq Ziyoda toʻgʻrilikcha soʻradi.

– Borganimizda maʼlum boʻladi...

Ziyoda hayronligini sezdirmadi, rostdan ham shundaydir, degan xayolda erini Buxoro safariga kuzatib qoʻydi.

Ismoilning “xizmat safar”lari, “malaka oshirish” uchun Buxoroga qatnashi koʻpaygandan-koʻpaydi. Uning tizginsiz bahonalaridan bezor boʻlgan Ziyoda oxiri eʼtibor bermaydigan boʻldi. Lekin bir galgi  “xizmat safari” uch oydan oshib ketgach, andishani qoʻyib, Ismoil ishlaydigan korxonaga bordi.

– Ismoil Tangriyev ishdan boʻshash haqida ariza joʻnatibdi, biz uni arizasiga koʻra, uch oy avval vazifasidan ozod qilganmiz. Singlim, xabaringiz yoʻqmidi?

Korxona rahbarining bu gapidan soʻng Ziyoda toshday qotdi. Ham hayrat, ham nafratmi, ichida nimadir gʻalayon qildi, xoʻrligi keldi. U beshinchi farzandiga homilador edi. Yuragi ostidagi mitti jon azobli tipirchilaganday boʻldi. Tomogʻini gʻippa boʻgʻib olgan qandaydir kuch uni sira qoʻyib yuboray demas, tobora holdan toydirib borardi. Bir amallab oʻrnidan turdi, ogʻir qadamlar bilan tashqariga yoʻnalarkan, korxona rahbarining:

– Singlim, eringizning soʻnggi maoshini hisob-kitob qilib olib ketasizmi, yo..? – degan ovozini arang eshitdi. “Kerak emas!” qabilida qoʻlini silkitdi-yu, eshikdan chiqiboq ichidagi gʻalayon koʻz yosh boʻlib yuzini yuvdi...

Ismoil shu ketishida qishloqqa qaytib kelmadi. Hov birda, uch kunlik oʻquv-seminarida oʻzlariga mashgʻulot oʻtkazgan Arofatxon ismli aspirant qiz shaytonmidi yo uning ichiga shaytoniy havas  kirdimi, harqalay fikr-u zikri Arofatxonda boʻlib qoldi. Avval bir-biri bilan qoʻngʻiroqlashib turgan oshiq-maʼshuqlar uchun oradagi olis masofa ham pisand boʻlmay qoldi. Pinhona soʻzlashuvlar uchrashuvlarga ulanib, oxiri ikkovi ham shayton amriga boʻysundilar. Ismoil gulday oilasi, farzandlaridan, Arofat esa oʻzini namoyon etayotgan ilm-u ziyodan mahrum boʻlishdi.

Ziyoda esa... U beshinchi farzandini dunyoga keltirdi. Taqdir sinovlariga yosh umrini qalqon qilib, toʻrt qizi va oʻgʻli Mahkamjonni ulgʻaytirdi, yaxshi tarbiya berdi. Qizlari biri-biridan bilimdon, aqlli. Katta qizi Malikaxon bu yil Pedagogika institutini tugatadi. Madinaxon Jahon tillari universitetida, 3-bosqichda, Malohatxon esa Madaniyat institutida kutubxona ishlarini yuritish yoʻnalishida tahsil olmoqda. Uchala qizi ham  davlat grantlari asosida oʻqiyotganidan Ziyodaga umuman ogʻirligi tushmaydi. Umidaxon esa musiqa yoʻnalishini tanlagan. Mahkamjon hali kichkina. Lekin zehni oʻtkir shaxmatchi, matematika fani jon-u dili.

Yaqinda qishloqqa bir gap oraladi: “emishki, Ismoil hozir Rossiyaning Ivanovo shahrida yasharkan. Bir qizi bor ekan. Firma doʻkonlari bor, iqtisodiyot yoʻnalishi boʻyicha kasbga tayyorlash markaziga rahbarlik qilarkan...”

– Mening oʻgʻlim ish topolmay yurgan ekan, Ismoil ish beribdi. Oyligi ham yaxshi, har oyda oz-moz pul joʻnatib turibdi, – dedi bir kuni qoʻshnisi Rahima opa. – Seni soʻrabdi, qizlaringni, oʻgʻlingni... Pul-mul kerak boʻlsa, aytsin, debdi.

Ziyoda Rahima opaning gaplarini eshitarkan, oʻzini haqoratlanganday his etdi. Vujudini lovullatib yondirgan oʻt ichida turganday qizib ketdi:

– Qanaqa pul? Menga uning sariq chaqasiyam kerak emas! Nimalar deb oʻtiribsiz?!

Qoʻshnisi Ziyodaning bunday qizishganini hech qachon koʻrmagandi.

– Bunday deguncha el-yurtdan, bolalaridan kechirim soʻrasin, kechirisharmikan?!

– Qizim, endi kim biladi, shayton...

– Shayton! Shayton odamning ichida boʻladi, birov yoʻliga chiqarib qoʻymaydi. Oilamning, roʻzgʻorimning katta ustunini qulatgan eng katta shayton ham Ismoilning oʻzi. Men bolalarimga shaytonning pulini hech qachon ravo koʻrmayman!

Oradan yarim yilcha vaqt oʻtib, Ismoil qishloqqa keldi. Qizi va Arofatxon bilan ota-onasinikida zoʻrgʻa ikki kun turishdi. Mahalla-koʻy, oshna, yor-doʻstlariga aralashishga yuzi chidamadi. Qizlari esa uni koʻrishni ham xohlashmadi. Keksayib qolgan otasi Xudoybergan ota Ziyodanikiga kelib:

– Hech boʻlmasa yolgʻiz oʻgʻlini bir koʻrsa edi, – dedi kelini oldida boshini egib.

Ziyoda ixtiyor farzandlarida ekanligini aytdi.

– Bizga unday dada kerak emas, – deyishdi qizlari.

– Oʻrtoqlarimning dadasi velosiped olib berishganida dadamni juda koʻrgim kelgandi, endi velosipedim bor, men u dadani tanimayman.., – dedi Mahkamjon mahzungina.

9-yilda qishloqqa kelgan Ismoil yana Rossiyaga qaytib ketdi. Uning kelishi ham, ketishi ham na oilasiga, na farzandlariga va... mahallasi – vataniga zarracha taʼsir qilmadi. U goʻyo unutilgan odam edi.

 

Robiya YOʻLDOShEVA,

jurnalist.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019