Probatsiya guruhi nazoratidagi mahkuma muddatidan ilgari ozod qilindi
Ichki ishlar organlarining Probatsiya guruhi tomonidan nazoratga olingan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilganlarning ijtimoiy moslashuvi va ishga joylashishi, kasbiy tayyorgarligi boʻyicha tadbirlar tashkil etish boʻyicha amaliy koʻmak berilib kelinmoqda. Shuningdek, nazoratdagi davr mobaynida ijobiy xatti-harakati bilan oʻzini koʻrsata olgan, tuzalish yoʻliga oʻtganlar muddatidan oldin jazodan ozod qilinib kelinmoqda.
Jinoyat ishlari boʻyicha Xoʻjayli tuman sudining sud majlisi zalida shu munosabat bilan sud majlisi boʻlib oʻtdi.
Jinoyat ishlari boʻyicha Xoʻjayli tuman sudi raisi I.Allaniyazov raisligida boʻlib oʻtgan mazkur sudda Amudaryo tumani IIO Probatsiya guruhi nazorati ostidagi Amudaryo tumanida yashovchi, muqaddam Oʻzbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalariga koʻra sudlangan fuqaroga tayinlangan 5-yil muddatga ozodlikni cheklash jazosining oʻtalmagan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilishga doir ish koʻrib chiqildi. Bu boʻyicha Amudaryo tumani IIO Probatsiya guruhining taqdimnomasiga muvofiq koʻrib chiqilgan mazkur ishda mahkumaning jazoni oʻtash davrida oʻzining jinoiy qilmishlarini toʻliq anglab yetib, tuzalish yoʻliga qatiy oʻtganligi, belgilangan cheklovlarga toʻliq amal qilganligi eʼtiborga olindi. Sudda ushbu fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi JKning 73-moddasiga asosan muddatidan ozod qilindi va undan mahkuma degan tamgʻa olib tashlandi.
Muddatidan ilgari ozod etilgan fuqaro davlatimiz tomonidan mahkumlarga yaratilayotgan bunday yengillik ijtimoiy hayotda qayta jinoyat yoki huquqbuzarlik sodir etmaslik majburiyatini ham yuklashini aytib, oʻz minnatdorchiligini bildirdi.
I.Jabborberganov,
tuman IIO Probatsiya guruhi
katta inspektori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶