Kuyuk koʻpir ovulida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari oʻtkazildi
Xalqimizda azal-azaldan bahor kelishi bilan ota-bobolarimiz tomonidan ulugʻ qadriyatlarimizni asrash va ulugʻ ayyom shodiyona kunlarini yaxshi niyat bilan kutib olish, atrof - muhitni koʻkalamzorlashtirish, obodonlashtirish va xayr-u saxovat yoʻlidagi ezgu ishlarni amalga oshirish odat tusini olgan. Joriy yilda ham bahor kelishi bilan yurtimizda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari allaqachon boshlab yuborildi.
Tumanimizda yangilanish, yasharish fasli – koʻklamning kirib kelishi bilan mahallalarda, koʻcha-koʻylarda, barcha ishxonalarda obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlari ayni paytga kelib qizgʻin tus oldi. Ana shunday xayrli tadbir Kuyuk koʻpir ovulida uyushqoqlik bilan amalga oshirildi.
Ovul hududidagi koʻchalar, yoʻl boʻylari va mahallalarda gul koʻchatlari, manzarali daraxtlar ekish, daraxtlarni butash va ohaklash, koʻcha va yoʻllarni tartibga keltirish kabi xayrli ishlarga aholi keng turda jalb qilindi. Shuningdek, bu jarayonda chiqindilarni tartibli ravishda olib tashlash, qabristonlarni, ariq va zovurlarni tartibga keltirish bilan bir qatorda keksa va nogironlar, boquvchisini yoʻqotganlar, yakka-yolgʻiz insonlarning holidan xabar olindi.
Shu oʻrinda taʼkidlash kerakki, tashkil etilayotgan bunday tadbirlar jarayonida xalqimizning yaratuvchilik salohiyatini keng namoyish etishga, tozalik, ozodalik va saranjom-sarishtalikning inson salomatligini asrashdagi ahamiyatini yoshlar ong-shuuriga yanada chuqurroq singdirishga alohida eʼtibor qaratiladi. Bunday xayrli ishlarda, ayniqsa, yoshlar faollik koʻrsatishadi. Obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirib, atrofga yanada fayz kiritishadi. Jamiyat hayotida faol ishtirok etib, ayni paytda keksalik gashtini surayotgan keksalar, nogironlar, yakka-yolgʻiz yashovchilar holidan xabar olib, ularning ham koʻnglini obod qilishadi.
Kuyuk koʻpir ovulidagi Dehqon va Buyum bozorlarining hududi, atroflari tozalanib, daraxtlar ohaklandi. Maishiy chiqindilarni chiqarib tashlashda hududdagi tadbirkorlar katta yordam qilishdi. Bu xayrli ishda tadbirkorlar oʻzlarida mavjud boʻlgan texnikalarni jalb qilib, yaqindan koʻmak berdilar. Obodonlashtirish ishlarida traktorchilardan Bahodir Shomurodov, Shuhrat Nurmanov, Shuhrat Samandarov, Shokir Xolboyevlar jonbozlik koʻrsatib, faol qatnashishdi.
Ushbu xayrli tadbir doirasida tuman Sanitariya- epidemiologiya markazi hamda 5-sonli qishloq oilaviy poliklinikasi ishchi-xodimlari hamkorligida ovul aholisi oʻrtasida tozalik va sanitariya qoidalariga rioya etilishi yuzasidan tushuntirish-targʻibot ishlari ham oʻtkazildi.
Koʻkalamzorlashtirish tadbirida ovulda katta yoʻl boʻylaridagi, koʻchalardagi barcha ariqlar tozalandi, hududddagi muassasa va korxonalar hovlilariga, aholi xonadonlari tomorqalariga, koʻchalar va yoʻl chetlariga har xil, mevali va manzarali daraxtlar, gullar koʻchatlari ekildi.
Dono xalqimizning “Savob ishni har kim, har kun qilishi kerak” naqli bejizga aytilmagan. Bunday xayrli ishlarni inson har kuni oʻz uyida, mahallasida qilishining oʻzi ham bir savobdir. Zero, toza va ozoda, saranjom-sarishta boʻlgan joydagina qut-baraka boʻladi.
Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶