17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 20:28
Jamiyat 👁 329

ChEGARA HUDUD AHOLISI BILAN YIGʻILISh OʻTKAZILDI

ChEGARA HUDUD AHOLISI BILAN YIGʻILISh OʻTKAZILDI

Qilichboy ovul fuqarolar yigʻinida mahallada ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish hamda chegara oldi hududida yashash tartib qoidalarini aholiga yetkazish  masalalariga bagʻishlangan yigʻilish  boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda ovul fuqarolar yigʻini masʼul xodimlari, Davlat xavfsizlik xizmati Amudaryo tuman boʻlinmasi xodimi A.Qoʻchqorov, tuman hokimining  chegara masalalari boʻyicha oʻrinbosari O.Shomurodov,  tuman hokimligi jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha bosh mutaxassisi J.Yoʻldoshev, Davlat xavfsizlik xizmatiga qarashli  9202 “K” harbiy qism komandiri A.Ravshanov, tuman bosh imom-xatibi A.Matsapayev, shuningdek, ovul faollari, koʻcha boshchilari va yoshlari ishtirok etdilar.
Yigʻilishni Qilichboy ovul fuqarolar yigʻini raisi Bahrom Qodirov ochdi va olib bordi. U oʻz soʻzida soʻnggi yillarda Muhtaram Prezidentimiz tomonidan aholi farovonligini oshirish boʻyicha bir qancha qaror va farmonlar qabul qilinib, hayotga tatbiq etilayotganini, natijada yurtdoshlarimiz turmush tarzi tobora obodlashib borayotganini taʼkidladi. Shunday sharoitda  yoshlar taʼlim-tarbiyasiga jiddiy eʼtibor qaratish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri ekanligini, yoshlar qalbida vatanparvarlik tuygʻularini, milliy, maʼnaviy-madaniy qadriyatlarni mustahkamlash, “Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, insonparvarlik, ezgulik va tinchlikni qadrlash hamda diniy bagʻrikenglik va millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlash asosiy vazifalardan biri ekanligi haqida toʻxtalib oʻtdi.

Soʻngra, soʻzga tuman hokimining chegara masalalari boʻyicha yordamchisi O.Shomurodov chiqib, shaxslarning chegara oldi zonasiga kirishi, undan chiqishi va oʻtishi, u yerda boʻlishi va yashashi, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, ichki ishlar organlarining ruxsatnomasi asosida amalga oshirilishi, chegara oldi mintaqasiga kirish va undan chiqish, oʻtish, u yerda vaqtincha boʻlish, yashash, harakatlanish va ishlar bajarish chegara qoʻshinlarining ruxsatnomasi asosida amalga oshirilishi toʻgʻrisida aytib, aholini “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida” Qonuni tartib-qoidalariga rioya etishga chaqirdi.

Tuman  hokimligi jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar boʻyicha bosh mutaxassisi J.Yoʻldoshev  bugungi kunda Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yoshlar taʼlim-tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratilayotganligini aytib, aholi, ayniqsa, yoshlarning mutaassib gʻoyalarga berilish holatlarining oldini olish maqsadida boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida  hududdagi madaniyat va istirohat bogʻlarida mahalliy xonandalar, badiiy havaskorlik jamoalari, bolalar musiqa va sanʼat maktablari, dorbozlik va tsirk sanʼati ustalarining kontsert dasturlarini oʻtkazish, oʻquvchi-yoshlar va keng jamoatchilik oʻrtasida ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan turli gʻarazli yot gʻoyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish orqali yoshlar qalbida vatanparvarlik tuygʻularini, milliy, maʼnaviy-madaniy qadriyatlarni mustahkamlash, maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashda barcha birdek masʼul ekanligini taʼkidlab oʻtdi. Soʻngra, soʻzga tuman bosh imom-xatibi A.Matsapayev chiqib, mutaassiblik, ekstremizm va terrorizmga qarshi targʻibotni yanada kuchaytirish, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda ijtimoiy-iqtisodiy hamda din sohasidagi olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish kerakligini aytib, soʻngi yillarda Muhtaram Prezidentimiz tomonidan diniy soha faoliyatini takomillashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdi.

Yigʻilish soʻnggida soʻzga Qilichboy ovul fuqarolar yigʻini profilaktika inspektori M.Duysenboyev hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish, yoshlarning tungi paytlarda ota onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarsiz yurishlarining oldini olish hamda chet davlatlarga ishlash uchun chiqib ketayotgan fuqarolarning turli yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolishlarining oldini olish kerakligini taʼkidlab oʻtdi.

 Yigʻilishda kun tartibidagi masala yuzasidan bildirilgan taklif va mulohazalarni inobatga olib,  tegishli qaror qabul qilindi.

   
O. RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019