28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 09:36
Adabiyot 👁 3,143

Muhammad Yusuf tavalludining 60 yilligi oldidan

Muhammad Yusuf tavalludining 60 yilligi oldidan
Samimiyat choʻgʻi

 

Zomin maktabi bugungi davr adabiyotiga shiddat va ishtiyoq bilan kirib kelayotgan har bir yosh ijodkorga keng imkoniyatlar eshigini ochib bermoqda. Qancha isteʼdodlarni yangidan kashf etmoqda. Yildan-yilga bu maktab vakillari soni ortib, ijodiy ishlari samarasi yuzaga chiqmoqda.

 

Talabalik yillarimda, 1999-yil avgust oyida Zomin togʻlari bagʻridagi Oʻriklisoy oʻquv va dam olish maskanida boʻlib oʻtgan yosh ijodkorlarning 3-anʼanaviy anjumanida qatnashib, buning guvohi boʻlganman. Koʻpgina yetuk shoir va yozuvchilar nazarida boʻldik. Jumaniyoz Jabborov, Usmon Qoʻchqor, Umida Abduazimova, Sayyora Toʻychiyeva, Sharofat Botirova, Muhammad Yusuf, Erpoʻlat Baxt, Muzaffar Ahmad, Zebo Mirzayevalar bilan boʻlgan iliq suhbat va uchrashuvlar unutilmas lahzalarni taqdim etdi.

 

Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasi yoʻllanmasi bilan Ajiniyoz nomidagi NDPI oʻqituvchisi Perdagʻaliy Dabilov, jurnalist Bahamdulloh Nurabullayev va men ham Zomin buloqlari, sharqiroq sharsharalarini oʻz koʻzimiz bilan koʻrish baxtiga muyassar boʻldik.

 

Oʻshanda "mangʻitlik shoira qizim bor ekan”, deb biz turgan sektsiyaga meni izlab kelgan yozuvchi va tarjimon eldoshimiz Muzaffar Ahmadni tanimaganimdan rosa xijolat boʻlganman. Ayniqsa, Muhammad Yusufning: "Qoraqalpoq shoirlarini oʻzim tahlil qilaman”, degani bizni hayajonga solgani hanuz koʻz oldimda.

 

Jildiragan soy ustiga joylashgan supada jilgʻalar qoʻshigʻini tinglab, dam olayotgan Muhammad Yusuf va Muzaffar Ahmadlar oldida tahlilda boʻldik. Qoraqalpoqcha oʻqilgan sheʼrlarni ixlos bilan tinglagan Muhammad Yusuf: "qoraqalpoq sheʼriyati menga huzur bagʻishlaydi. Qoʻshiqlari esa raqsi bilan uygʻun. Sheʼriyati millat ruhiyati bilan hamohang, 70-yillar yoshlari madhiga aylangan "Oydinlar” qoʻshigʻini, keling birga xirgoyi qilamiz”, degan taklifi ruhimizni koʻtardi. Perdegʻaliy hamda Bahamdulloh ogʻalar xirgoyi qilib boshlagach, Muhammad Yusuf ham joʻr boʻla boshladi. Shoir berilib xirgoyi qilardi. Xuddi Orol oydinlarida sayr qilib yurganday, goʻyo oʻzi ham qoraqalpoqning bir aziz bolasiday "Oydinlar"ga joʻr boʻlib, uning sehri bilan tebranardi. Afsuski, men bu qoʻshiqni bilmasdim. Buni sezgan rahmatlik shoirning:

 

- Siz-chi?! – degan savolini javobsiz qoldirdim. Shu paytdagi uyalganim shu darajaga borib yetdi-ki, oʻqishimga qaytgach, aynan qoraqalpoqcha sheʼr, qoʻshiq, folklor janriga jiddiy eʼtibor qarata boshladim. 2000-yillarning (2003-2004) boshlarida "Surxon” guruhi yakkaxoni Mahmud Namozov teleradio orqali bu qoʻshiqni yuksak ohanglarda ijro qilib chiqdi. Endilikda qoraqalpoq tiliga mehrim qattiq bogʻlandi. Menimcha Muhammad Yusuf mening qalbimga oʻz yurtimga boʻlgan samimiyat, diqqat, hurmat, sadoqat kabi xislatlarni chuqurroq joyladi.

 

Zominda "koʻz ochgan buloqlar” - fargʻonalik Yongʻin Mirzo, buxorolik Maqsud Asad, samarqandlik Guljamol Asqarova (Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori), Sevbora Latipova, andijonlik Nilufar Vohid, samarqandlik Gulshan Ermatova, oʻz XDP yetakchilaridan shoir Shuhrat Oriflarni bugungi yoshlar ovozi sifatida, ozod koʻngil kuychilari sifatida tinglayapmiz.

 

Adabiyotimizning bugungi, ertangi kuni haqida qaygʻuradigan rahmatlik Muhammad Yusuf kabi jonfidolar umri uzoq boʻlishini tilardim.

 

Sharofat XOLMURODOVA,

32-sonli maktabning qoraqalpoq tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026