Bir fikr yodga tuşdi...
Bahor fasli har kimga ham xuş kayfiyat, xuşçaqçaqlik baxş etavermaydi. Kimdir xayolparast, kimdir indamas bölib qoladi. Menga ham bu fasl şunday taʼsir körsatdi. Ötmiş xotiralari köz oldimga kelaverdi, kelaverdi. Birdan, lop etib rahmatlik şoir Mansur Ahmedov aytgan bir fikr yodimga tuşdi: "Ahmad Nafas otaşnafas şoir”, deb aytgan edilar. Demak, mavzu Ahmad Nafas haqida ketar ekan, men bu şoir haqida boşqa heç nima ayta olmayman. Birgina ayta oladiganim, Mansur Ahmedov tan olib "otaşnafas” dedimi, demak, otaşnafas, boşqa gap-söz ortiqça.
Ahmad aka 1954-yil 27-mart kuni "Qizilçoli” qişloğida, ziyoli oilasida dunyoga keldi. Demak, u 60 yoşli şoir. Bobolar safiga kirib qolgan otaxon şoirimizni pir-u badavlatlik bilan tabriklaymiz. Uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qolamiz. Işq-muhabbat haqida köp şeʼr yozgan şoirimiz, hozir hayvonlar haqida masal yoza boşladilar. Yubiley tabrigi sifatida yozgan şeʼrimni bahonada siz bilan birga baham körsam-da, Ahmad akam bir quvonsa. (Quvonarmikan?!)
Masalçiga hazil
Ahmad Nafas akam masalçi bölib,
Hayvonlar haqida yoza boşladi.
Hurgan har bir itdan ğazabi qözib,
Qalam - kaltak bilan ura boşladi.
Tunlari "huv”laşdan qörqib qolişdi.
Tovuqning duşmani yovuz şoqollar.
Tulkilar özini çetga olişdi,
Eçkidan qutildi yam-yaşil tollar.
Muşuklar siçqonga tegmay qöydilar,
Siçqon ham hayiqdi donga tegişdan.
Pisand qilmaganlar haqin oldilar,
Özlarin panalab kaltak yeyişdan.
Şoir akam şunday boraversalar,
Hayvonlar jam bölib talaşmasin-da.
Senmi yozadigan bizlarni, - deya,
Qalamin ötinga qalaşmasin-da!
Farhod Avaz, "Namuna” mahallasi.
Suratda: Ahmad Nafasov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶