Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati tumanimiz aholisi bilan uchrashdi
Mamlakatimizda xalq vakillari boʻlgan deputatlar hududlardagi aholining muammolarini oʻrganib, hal qilishga astoydil bel bogʻlashgan. Shu maqsadda ular aholi bilan uchrashuvlar tashkil qilishib, insonlarni qiynayotgan muammo hamda masalalarni oʻrganishmoqda.
Tumandagi 21-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabida 1-Nukus saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylangan Ruslan Djumamurodov hududdagi aholi bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Ruslan Djumamurodov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati Yangibay Yeshmurodov, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Adilboy Yusupov, OʻzMTDP Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi yetakchi mutaxassisi Majit Murzambetov, OʻzMTDP tuman Kengashi yetakchi mutaxassisi Yulduz Oʻrinboyeva, hududdagi Daryo boʻyi, Besh tom mahallalari, Qipchoq ovuli hamda Qipchoq shaharcha fuqarolar yigʻini xodimlari, mahalla aholisi ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida yigʻilganlarga Prezidentimizning 2020-yil 24-yanvar kungi Oliy Majlisga murojaatnomasining, Qonunchilik palatasida oxirgi ikki oyda qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyati xususida soʻz yuritildi. Xususan, toʻy-hashamlarni ixchamlashtirish boʻyicha nizomni buzganlik uchun javobgarlik belgilanayotgani, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi toʻgʻrisidagi qonunchilikka hamda dori vositalarining noqonuniy aylanishining oldini olish borasida qonunchilikka kiritilayotgan oʻzgarishlar, geodeziya toʻgʻrisidagi qonunlar toʻgʻrisida soʻz yuritildi. Bundan tashqari, mahalla tizimida olib borilayotgan islohotlar haqida maʼlumotlar berildi.
Taʼkidlanganidek, demokratik jamiyat qurish jarayonida qonun ustuvorligi, qonunga itoatkorlik masalalari muhim ahamiyat kasb etadi. Qayerda qonunlar ustuvor ahamiyat kasb etsa, fuqarolar qonunga itoatkor munosabatda boʻlishsa, oʻsha yerda shaxs huquq va erkinliklari taʼminlanadi, jamiyat taraqqiyotga yuz tutadi.
Qonunlar ustuvorligini taʼminlash, fuqarolarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida tashkil qilingan mazkur uchrashuv mobaynida mahalla aholisini qiynab kelayotgan masalalar hamda muammolar ham tinglandi. Jumladan, mahalla hududidagi aholining toza ichimlik suviga ehtiyoji borligi, mahallada chiqindi tashlash joyi yoʻqligi, ichki yoʻllarni taʼmirlash hamda hududga maktabgacha taʼlim tashkiloti zarurligi, mini futbol maydonchasi qurish, tadbirkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun kredit olish masalalari yuzasidan murojaatlar qilindi.
Qolaversa, Besh tom mahallasida yashovchi fuqarolar Qipchoq ovulida joylashgan 1-sonli QOPga yoʻl uzoqligi sababli hududda tibbiyot maskani tashkil qilish masalasida, 11-, 66-, 65-sonli maktablarda sport zal yoʻqligi sababli yangi sport zali qurish hamda kerakli inventarlar bilan taʼminlash masalasida xonadonlarga yangi transformator kerakligi xususida ham murojaat qildilar. Mazkur muammolarning baʼzilari shu yerning oʻzida hal qilindi, qolgan masalalarni esa aholi foydasiga ijobiy hal qilish uchun tegishli mutasaddilar bilan kelishildi.
Deputatlar bilan oʻtkazilgan uchrashuv aholiga juda manzur boʻldi.
Charos Arslonova,
tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶