28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 15:54
Salomatlik 👁 528

Vahimaga berilmang, immun tizimingizni mustahkamlash uchun OZONOTERAPIYa muolajalaridan foydalaning!

Vahimaga berilmang, immun tizimingizni mustahkamlash uchun OZONOTERAPIYa muolajalaridan foydalaning!

Sharq tabobat ilmi donishmandlari inson immun tizimiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillardan biri vahimaga berilish ekanligini taʼkidlab, vos-vos kasalligi eng avvalo asab tizimini yemirishini isbotlaganlar. Necha asrdirki, buyuk alloma bobokalonimiz,  tib ilmining asoschilaridan biri Abu Ali Ibn Sino taʼlimoti orqali zamonaviy tibbiyot muolaja usullariga kiritilgan asabni avaylash, asab tolalarini mustahkamlash boʻyicha tavsiyalar ham aynan ana shu vahimaga berilish, yaʼni vos-vos kasalligini davolash orqali inson immun tizimini mustahkamlashni nazarda tutadi. Chunki inson tanasi oʻzini-oʻzi turli kasalliklardan himoyalashga qodir boʻlsagina sogʻlom hayot tarziga ega boʻladi.

Tumanimizdagi “Mohidil shifo med” xususiy tibbiy klinikasi oʻz faoliyatini boshlaganiga hali koʻp vaqt boʻlgani yoʻq. Shunday boʻlsa-da, mazkur shifo maskanida yaratilgan qulayliklar, bemorlarga manzur muolaja usullari, klinika shifokorlarining oʻz sohalari boʻyicha yetuk mutaxassis ekanligi va xushmuomalaliklari tufayli mijozlar safi kun sayin oshib bormoqda. Buning oʻziga xos sabablari bor, albatta. Klinika rahbari, oliy toifali shifokor Zulxumor Mamatqulovaning saʼy-harakatlari bilan klinikada OZONOTERAPIYa bilan davolash usuli yoʻlga qoʻyildi.

Tumanimiz xalqi uchun yangicha davolash usuli hisoblangan OZONOTERAPIYa jahon tibbiyotida eng muvaffaqiyatli muolaja turi boʻlib, mamlakatimizda ham keng qoʻllanilmoqda. Shunisi eʼtiborga molikki, yurtimizdagi eng yirik markaziy shifoxonalarda qoʻllanilayotgan OZONOTERAPIYa muolajalari “Mohidil shifo med” xususiy klinikasida muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Klinikada bemorlarga tashxis qoʻyish zamonaviy kompyuterlashgan tizim orqali amalga oshiriladi. Ularning yaxshi dam olishlari, sifatli davo usullari, ayniqsa, fizioterapevtik muolajadan samarali foydalanishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan muolaja xonalari mamlakatimiz hududidagi nufuzli sihatgohlardagi sharoitlardan aslo qolishmaydi.

Klinikada faoliyat yuritayotgan 25 nafar shifokorlarning 7 nafari oʻz sohasining bilimdonlari boʻlgan yuqori malakaga ega oliy maʼlumotli shifokorlar hisoblanadi. 18 nafar oʻrta maxsus maʼlumotga ega tibbiyot hamshiralari OZONOTERAPIYa muolajalarini olib borish yuzasidan oʻz bilim va malakalarini doimiy ravishda oshirib boradilar.

Xoʻsh, OZONOTERAPIYa muolajalari aynan qaysi xastaliklarni davolashda qoʻl keladi? Avvalo biz yuqorida tilga olganimiz inson immun tizimini yemiruvchi vahimaga berilish, qoʻrquv, turli mish-mishlarga ishonish kabi odatlardan insonning asabini himoyalash orqali immun tizimini mustahkamlashda OZONOTERAPIYaning beqiyos foydasi katta.

Ayni kunlarda butun dunyoda pandemiya deb tan olingan koronavirusga qarshi kurashda organizmning turli virus va bakteriyalarga qarshi himoya quvvatini oshirishda ham ushbu muolaja usuli, agar tibbiy qoidalarga qatʼiy amal qilinsa, juda foydali. Chunki OZON gazining kuchli antiseptik (zararsizlantiruvchi) vosita ekanligini hisobga olsak, ozon barcha turdagi bakteriyalar, virus va zamburugʻlarni yoʻq qilishi bilan ahamiyatlidir. OZON gazi kasalliklarni davolash, oldini olish bilan birga qon aylanishini yaxshilaydi, terini, shuningdek, butun organizmni xiltlardan tozalaydi, tananing himoya funktsiyasini oshiradi, inson immun tizimini mustahkamlaydi. Immun tizimi mustahkam insonga hech qanday kasallik yuqmaydi, agar yuqtirgan taqdirda ham asoratsiz, tez shifo topadi.

Klinikada ayni paytda gripp, bronxial astma, allergik kasalliklar oshqozon va  oʻn ikki barmoqli ichak, gastrit, jigar xastaliklari, ateroskleroz, yurak ishemik kasalligi, miokard-infarkt, oqchil, bachadon boʻyni eroziyasi, urogenital xlamidioz, trixomoniaz, gerpes kabi virusli kasalliklarni davolashda kutilgan natijalarga erishilmoqda.

Demak, OZONOTERAPIYaning viruslar va bakteriyalarga qarshi kurashish, inson immun tizimini mustahkamlash xususiyatidan foydalanib, ayrim kishilar qalbida  vahima uygʻotayotgan koronavirus epidemiyasi davrida ushbu muolaja turidan foydalanish xalqimiz salomatligini saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Aziz yurtdoshlar, oʻz sogʻligingizga beparvo boʻlmang, “Oʻzingni oʻzing asra!” shioriga amal qiling va, albatta, “Mohidil shifo med” xususiy klinikasida yoʻlga qoʻyilgan noyob muolaja usuli – OZONOTERAPIYa muolajasidan foydalaning!

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026