12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 20:03
👁 3,850

GÖZALLIKKA INTILGAN AYoL

GÖZALLIKKA INTILGAN AYoL

GÖZALLIKKA INTILGAN AYoL

 

Biz köpinça ayollarni fidoyilikka timsol qilib taʼriflaganimizda: «ayolning joni qirqta», degan iborani işlatamiz. Nega? Har lahzada oilasiga talpinib uyim-joyim, rözğorim deb turgani uçunmi? Yoki hayotning beşafqat sinovlari qarşisida egilmay, qaddini tik tutib oldinga, faqat oldinga intilib yaşagani uçun uning joni qirqta deymizmi? Yarador vujudi bilan öz taqdiri yölida Baxt eşigini oçib, yurak siniqlarini yaşirib, könglining kemtik joylarini özi töldirib, hayotdan zavq olib, yaşnab-yaşarib yurişlari evaziga bu zoti mukarramaga şunday taʼrif berarmikanmiz?! Bilmadik, bilolmadik… Lekin ahli olam tan olgan bir haqiqatni aytmoğimiz joizdir, balki. Ayolning joni metinligi, qatʼiyati sinmasligi, qalbi hamişa bahorligi rost!

Biz manğitlik Nilufarxon Xolboyeva haqida öylaganimizda, bu dilkaş, suhbati şirin ayol bilan har gal uçraşganimizda: «agarki ayolning joni qirqta bölsa, şu qirqta jon sohibasi Nilufar, irodasi metin, qatʼiyati sinmas, oldinga intilişdan aslo qaytmas, jurʼati baland bölsa-da  - barçasi şu ayolda bor», - degimiz kelaveradi…

 

 

Nilufar Manğit şahrida, hunarmandlar oilasida dunyoga keldi. Padari buzrukvori Ahmad ota nomi çiqqan tikuvçi edi. Otasiga hamişa qöl-qanot bölib yurib onasi ham «Saodat çevar» degan nom oldi. Uylari hamişa odamlar bilan gavjum bölardi. Hamma narsaga qiziquvçan Nilufar ota-onasining işçanligiga mehr qöyib, ularning kasb-korlariniörganganida hali jamalaksoç qizaloq edi. Maktabga hammadan çiroyli kiyinib borardi u. Yöq, ota-onasi farzandlariga tez-tez yangi kiyim-boş olib bera olişmasdi. Lekin eskini yangi qilib, fasonlarini özgartirib tikib berişdan erinmasdilar. Nilufar rözğorni hamişa butlab, tökis tutişni ota-onasidan örgandi. Oila qurib, yangi kelin bölganida ota uyida örganganlari öziga qöl keldi. Umr yöldoşi Xolmurodjon bilan ahillikda yaşab, 5 nafar öğil-qizga ota-ona bölganlarida inson  hayotida oila eng uluğ, eng aziz, eng muqaddas dargoh ekanligini his etib, baxtdan entikdi Nilufar!

- Hayot kuraşlardan iborat -, deyişsa özimga-özim: «nega  endi?» – deya savol beraverardim, - vazmin gapiradi Nilufar. – Hayot - gözal, undan zavq olib yaşaş kerak, hayotning qadrini oşirib yaşaş kerak, - deya takrorlaşni yaxşi körardim. Aslida unisiyam, bunisiyam töğri. Xeç narsaga kuraş va maşaqqatsiz erişib bölmaydi. Gözallik ham mehnat mahsuli. Öz irodangiz, fidoyiligingiz bois yaralgan gözallik har narsadan qadrli. Ana şu gözallik insonga kuç beradi, irodani çarxlaydi, hayotga iştiyoqni oşiradi.

Nilufar Xolboyeva tuman xalq nazorat-taftiş bölimida iş yurituvçi, yirik quriliş korxonasida iş yurituvçi vazifalarida işlab, xalq nazariga tuşdi. Işni aniq, puxta va halol bajarganligi bois, özi faoliyat yuritgan idoralar rahbarlarining, mehnat jamoalarining hurmatiga sazovor böldi. Tinib-tinçimasligi uçunmi, unga hamkasblari "çarxpalak qiz”  deya taʼrif berişardi.

Nilufar beşinçi farzandini dunyoga keltirgaç, oğir dardga çalindi. Avvaliga özini yöqotib, biroz tuşkunlikka tuşdi. Şunday kunlarningbirida umr yöldoşi, tumandagi "Şukurjon” MÇJda quruvçi-meʼmor vazifasida işlovçi Xolmurod Örozoqov uning qöllarini mahkam siqib:

- Nega xafa bölasan, yoningda men borman-ku, qara, uç nafar Alpomiş öğling bor, ikkita Barçin qizing bor, sen hammadan kuçlisan! – deya Nilufarga dalda böldi.

- Rost-da, atrofim töla mehr-muhabbatli qaroqlarim bilan nega men munğayi-i-i-b ötirişim kerak! Şu kuniyoq hamma ğam-taşvişni, eng avvalo xastaligimni unutdim, - deya oğir kunlarini eslaydi Nilufar.

Insonga eng avvalo atrofidagilarning mehr-muhabbati kuç bağişlaydi, deganlari rost. Nilufar öz vujudiga yopişgan oğir dardni yengiş uçun jon-jahdi bilan hayotga intildi. Öğil-qizlarining tarbiyasi, rözğor taşvişlari bilan ovundi. Farzandlari biri-biridan aqlli, mehnatkaş bölib voyaga yetişdi. Barçasi ulğayib, ota-onasiga madadkor bölişdi. Katta öğli Dilmurodjon örta maktabni tugatgunça onasining maslahati bilan har yilgi yozgi taʼtilda bitta hunar örgandi. Bir yili duradgor-ustaga şogird tuşib, ustozining oq fotihasi bilan yoğoç ustasi böldi. Yanagi yili kosib (etikçi)ga şogird bölib, bu hunarni ham binoyiday örganib oldi. Dilmurodjon to maktabni bitirguniça yoğoçsoz-usta, etikdöz-usta, texnikalarni taʼmirlovçi usta kabi hunarlarni puxta egalladi. Toşkent Axborot texnologiyalari Universitetining avval bakalavr, keyinçalik 2012-yilda magistratura bölimini muvaffaqiyatli tugatib, oliy maʼlumotli mutaxassis böldi. U ayni damda 3-sonli Amudaryo akademik litseyida informatika fanidan talabalarga saboq beradi. Oiladagi ikkinçi öğil Jasurbek ham akasi kabi hunarmand yigit böldi. U Toşkent Davlat agrar universitetining Nukus filialidagi qişloq-quriliş meʼmorçiligi fakultetining uçinçi bosqiç talabasi. Xolidaxon Nukus Davlat pedagogika institutining biologiya fakultetini tugatiş arafasida. Dilfuzaxon bilan Jahongir esa Manğit şahridagi 16-sonli maktabda öqişadi.

Nilufar uyida tinçgina ötiradigan ayollardan emas. Doim nimaningdir taşvişi bilan yelib-yugurib yuradi. Özi kimningdir yordamiga muhtoj bölib turgan lahzalarida ham aslo nolimaydi. «Yaxşi umidlar – mening yöldoşim», - deydi u. Yuragida hamişa ezgu niyatlarni asrab-avaylab, hayotni sevib, hayotga intilib yaşovçi, jöşqin tabiatli Nilufarxon Xolboyevaning nomzodini 2003-yildanogironlar jamiyati raisaligiga munosib körganlarida töğrisi, uning faoliyatini tiklaş, izga tuşiriş qançalik maşaqqatli va oğirligini his etib tursa-da, baribir u quvondi.

- Menga işonç bildirişgani uçun quvondim, - deydi u mamnuniyat bilan. – Işonç – axir insonning orzu-niyatlariga, ezgu işlariga qanot-ku!

Şunday böldi ham. Nilufar oila taşvişlaridan ortib tuman nogironlar jamitining faoliyatini jonlantiriş uçun yelib-yugurdi, qanot boğlab uçdi göyo. Tumandagi 300 nafardan ziyod nogironlarning jamiyatga aʼzo bölib kirgani unga yanada katta kuç bağişladi. Umr yöldoşi Xolmurodjon Örozoqov unga har bir işda maslahatdoş, nasihatgöy böldi. Qisqa vaqt içida tuman nogironlar jamiyatining faoliyatini yölga qöygan Nilufar Xolboyeva katta jurʼat bilan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat-notijorat taşkilotlari va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan taşkil etilgan Respublika körik-tanlovi uçun jamiyatining biznes-loyihasini işlab çiqdi va tanlovda muvaffaqiyatli iştirok etib, ğolib böldi. Uning «Nogironlarni öqitiş uçun kompyuter-öquv markazini taşkil etiş va jismoniy imkoniyati çeklangan şaxslarni kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikka tayyorlaş» mavzusidagi loyihasi körik-tanlov hayʼati tomonidan yuqori baholanib, Amudaryo tuman nogironlar jamiyatiga 15 million sömlik Davlat granti ajratildi.

Bu Nilufar uçun juda katta yutuq, şu bilan birga keng imkoniyat edi. 2012-yilning sentyabr oyida grant sohibi bölgan jamiyat aʼzolari Nilufarxon Xolboyevaning qatʼiyat bilan iş yuritişi bois, bir oydan söng jamiyat ofisida, kompyuter-öquv markazida maşğulotlarni boşlab yuborişdi.

- Bularning barçasiga eng avvalo Özbekiston Respublikasi nodavlat-notijorat taşkilotlar Milliy assotsiatsiyasi Qoraqalpoğiston bölimi,tuman hokimligi va umr yöldoşim, qolaversa, farzandlarimning çeksiz mehr-muhabbati, qöllab-quvvatlaşlari tufayli erişdim, - deydi Nilufar. – agar mening ortimda tinç, osoyişta, obod, mustahkam oilam, turmuş örtoğim, meni qöllaguvçi yaqinlarim, har işda madadkor Vatanim kamarbasta bölmaganida men heç narsaga erişa bilmasdim. Xudoyimga ming bora şukur, men ana şu obodon hayotim bois, xastalikni yengib yaşaşga qodir böldim.

Nilufar ana şunday ayol. Yuzlab imkoniyati çeklangan insonlarni mehnat quçoğiga qaytardi, qalblarida hayotga iştiyoq uyğotdi. Uning yuragi töla orzu. Biri-biridan ezgu orzulari bor uning. Öğillariga atab yangi imoratlar tiklayotir, kelin tuşirib, qiz uzatmoqqa şaylanib turibdi Nilufar! Mehmoni heç arimaydigan xonadoni fayzga, hamişa oçiq dasturxonisarxil neʼmatlarga töla, gözal, mustahkam oila - obod turmuş sohibasi u! Şundanmi, mahalla-köyda, hatto Amu elining har bir ovulida bu jöşqin tabiatli ayol haqida faqat yaxşi, faqat havaslarga loyiq gaplar aytişadi yaxşilar. Umrining har bir lahzasida heç bölmaganda bir köngilga yaxşilik uruğini ekib yaşayotgan Nilufarxonni hammamiz yaxşi köramiz. Bu fidoyi ayoldan hayotni sevmoqni, uning qadrini oşirib yaşamoqni örganing odamlar, degimiz keladi. Zotan,

 

Nilufarning boyligi köp - bari qalbida,

Qayga borsa izi töla mehr qoladi.

Jonbaxş, şirin suhbatlari, tabassumida,

Mudroq dilni uyğotguvçi sehr böladi.

 

Ostonasi qutluğ uyning bekasidir u,

Köngliday keng uyidan heç mehmon arimas.

Elim, yurtim degan alpning erkasidir u,

Bunday obod yurakka heç ğamlar dorimas.

 

Oilada mehnat gali – ahillik asli,

Qiz onaga, öğil esa otaga qanot.

Umr yölin bezab turar navbahor fasli,

Unga Alloh hadya etgan nurafşon Hayot!

Nilufarning boyligi köp - bari qalbida...

 

Robiya YÖLDOŞEVA,

Allambergan JUMANIYoZOV,

"Amunews.uz” ning öz muxbirlari.

 

Suratlarda: 1. Nilufar Xolboyeva turmuş örtoği Xolmurod Örozoqov bilan farzandlari davrasida. 2. Nilufar Xolboyeva özi rahbarlik qilayotgan jamiyat aʼzolari bilan. 3. Nilufar Xolboyeva jamiyatda taşkil etilgan kompyuter öquv markazida maşğulot ötkazmoqda.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026