Tarixsiz kelajak yöq
Hozirgi kunda yoşlarning har tomonlama yetuk, soğlom va barkamol bölib ösişida barça şart-şaroitlar mavjud.
Manğit iqtisodiyot kollejida jihozlangan kompyuter sinflari, lingafon xona, kutubxonalar, sport zallari zarur bölgan inventar bilan taʼminlangan. Yaratilgan bunday şaroitlar öquvçilarning özlari tanlagan kasbi böyiça çuqur bilim olişlariga xizmat qiladi. Kollejda turli xil tögaraklar ham işlab turibdi. Öquvçilar dars jarayonida va tögaraklarda öz bilimlarini çiniqtirib bormoqda. Öquvçilar öqiş bilan bir qatorda turli bayramlarga va tarixiy şaxslarning tavallud kunlariga bağişlab tadbirlar ötkazib kelmoqda. Şunday tadbirlardan biri 9-aprel kuni Sohibqiron Amir Temur tavalludining 678 yilligi va Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21 yilligi munosabati bilan ötkazildi.
Tadbirda 1-bosqiç öquvçilaridan "Temur tuzuklari", "Amir Temur izdoşlari", "Sohibqiron avlodlari", "Adolat sohibi", "Sohibqiron" guruhlari qatnaşdi. Ular 5 ta şart böyiça bellaşdilar. Öquvçilarga Sohibqiron Amir Temur qaçon va qayerda tuğilgan? Amir Temur kimlarni özining piri deb bilgan? Amir Temurga qanday faxrli nomlar berilgan? Amir Temur va Temuriylar davrida olingan soliqlar, Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiyam, bayroği, gerbi va madhiyasi qaçon qabul qilingan kabi savollar berildi. Öquvçilar har bir savollarga töğri aniq javob berdilar.
Uşbu beş jamoaning içidan yaxşi tayyorlanganligi va bilimdonligi, savollarga töğri javob berganligi sababli "Sohibqiron" guruhi 1-örinni, "Adolat sohibi” guruhi 2-örinni, "Temur tuzuklari” guruhi 3-örinni egallab kollej maʼmuriyati tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
Kollejlararo va kollejlarda guruhlararo şunday tadbirlar bölib tursa, öquvçilar buyuk siymolar haqida köplab maʼlumotlarga ega böladi va ularda yaxşi taassurotlar qoldiradi.
Kollejimiz öquvçilari bilimga çanqoq kelajakda şu buyuk bobolarimiz izidan borib barkamol va har tomonlama rivojlangan şaxslar bölib yetişib çiqişiga işonçimiz komil.
G.Ahmedova,
Manğit iqtisodiyot kolleji ingliz tili fani öqituvçisi,
Özbekiston Xalq taʼlimi aʼloçisi,
Xalq deputatlari tuman kengaşi deputati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶