Qoraqalpogʻiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari M.Ahmedova tumanimizdagi koʻkalamzorlashtirish ishlarida ishtirok etdi
Yurtimizda maʼnaviyatni yuksaltirish borasida milliy urf-odatlarimiz va ularning zamirida mujassam boʻlgan mehr-oqibat, turli muammolarni birgalashib hal qilish kabi ibratli tadbirlar qadriyat sifatida amalga oshirilib, tobora mustahkamlanib bormoqda. Bu borada maʼnaviy hayotimizning uzviy qismiga aylangan koʻkalamzorlashtirish va obodoshlashtirish, mehr-muruvvat, xayr-saxovat ishlari chuqur maʼno-mazmunga ega boʻlib, umummilliy anʼana, qadriyatga aylangan.
Zero, bunday xayrli ishlarni amalga oshirish paytida mahalla hududlarini, guzarlar, koʻchalar, muqaddas qadamjolar, ziyoratgoh va qabristonlar tartibga keltiriladi. Yolgʻiz qariyalar, nogironlar, boquvchisini yoʻqotgan, kam taʼminlangan oilalarga moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatiladi. Qolaversa, oʻzaro yordam, insonparvarlik, olijanoblik, saxovatpeshalik kabi ezgu tuygʻularni yoshlar ongiga singdirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, yurtimizda bayramlarga toʻla boʻlgan koʻklam fasli kirib kelishi bilan ulugʻ ayyomlar oldidan atrof-muhitni saranjom-sarishta qilish, koʻchalar, xiyobonlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish maqsadida umumxalq xayriya hasharini oʻtkazish ham odat tusiga aylangan. Har yili boʻlgani kabi mamlakatimizda joriy yilning 14-15-mart kunlari “Obod yurt” umumxalq xayriya hashari oʻtkazildi. Ushbu xayrli tadbirda aholining barcha qatlamlari, yosh-u qari barcha birdek faol qatnashdilar.
Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari Maryam Ahmedova ham tumanimizga tashrif buyurib, ana shunday ezgu ishlardan biri – tumandagi Gulzor mahalla fuqarolar yigʻini binosi oldida oʻtkazilgan koʻkalamzorlashtirish ishlarida ishtirok etdi. Vazir oʻrinbosari ushbu xayrli tadbirda archa koʻchatlarini, daraxtlar nihollarini ekib, koʻkalamzorlashtirish ishlariga oʻz hissasini qoʻshdi. Qolaversa, mazkur tadbirda tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Alisher Yoʻldoshev hamda boʻlim boshligʻining birinchi oʻrinbosari Muqaddas Beknazarovalar ham qatnashdilar.

Aytish joizki, yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlariga aholida daxldorlik hissini shakllantirish, xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimizga xos boʻlgan oʻzaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, begʻaraz yordam, xayr-saxovat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari yurtimizning yanada obod va fayzli boʻlishida oʻziga xos vazifani oʻtaydi.
Bunday tadbirlar insonlarga mehr-oqibat, odamiylikdan saboq beruvchi bebaho tarbiyaviy ahamiyatga ega hisoblanadi. U oʻzaro mehr-oqibat rishtalarini, bogʻlaydi, ayniqsa, yoshlar qalbida mahalla-koʻyga, ona-Vatanga muhabbat tuygʻularini mustahkamlaydi.
Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶