Har bir farzand uçun bir köçat
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 6-martdagi farmoyişiga binoan joriy yilning mart-aprel oylari mamlakatimizda obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş oyligi deb eʼlon qilindi.
Şu munosabat bilan tumanimiz mahallalarida keng kölamdagi obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş yumuşlari jadal olib borilayapti.
Bunday tadbirlarda tevarak-atrofni saranjom-sariştalaş, daraxtlarga şakl beriş bilan birga, hududlarga manzarali va mevali daraxt köçatlari ekişga alohida eʼtibor qaratilyapti. Zero, quyoş hamal burjiga oçgan pallada ötkazilgan har bir tup köçat bexato unib çiqsa, yerga sepilgan uruğ tezda ildiz otib, palak yozadi. Xalqimiz "Hamal kirdi, amal kirdi”, deya bejiz aytmaydi-da.
Köçat ekib, boğ yaratiş - xalqimizga xos ezgu fazilatlardan biri. Milliy udumlarmizga köra, oilada öğil bola tuğilsa, unga atab nihol ekilgan. Farzand voyaga yetgunça, yoş nihollar ulkan daraxtlarga aylangan-ki, uy quriş çoğida yoğoç muammosi bölmagan. "Soğlom bola yili”da uşbu ezgu anʼana yanada keng kölam kasb etib, yangiça maʼno-mazmun bilan boyidi, desak, ayni haqiqatni aytgan bölamiz.
Gap şundaki, «Har bir farzand uçun bir köçat» şiori ostida tumanimizning barça hududlarida yangi boğ va gulzorlar barpo etilmoqda. Bu xayrli tadbirni uyuşqoqlik bilan taşkil etiş maqsadida hamma özining munosib hissasini qöşişga intilayotgani quvonarli xoldir. Şu bois aholi turar joylari, mahallalar, köçalarning çeti va xiyobonlarga oiladagi har bir farzand uçun bir tup mevali va bir tup manzarali köçat va qalamçalar ekilmoqda.
Aslida nihol qadaş obodlikning eng muhim belgilaridan biri sanaladi. Zotan, dov-daraxt bor joyda gözallik, musaffo havo, rizq-nasiba bor. Şu bois ota-bobolarimiz kaftdek yerga ham daraxt yetiştiriş payidan bölişgan. Bu ezgu qadriyat istiqlol yillarida qayta tiklanib, yangiça maʼno-mazmun bilan boyidi. Buning isbotini har köklamda yangi boğlarga asos solinayotgani, şahrimiz qişloqlarimiz yaşillikka burkanib borayotgani misolida körib-bilib turibmiz.
"Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bölinmasi ham «Har bir farzand uçun bir köçat» şiori ostida ötkazilayotgan obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlariga öz hissasini qöşiş va kam taʼminlangan yoş oilalarni qöllab-quvvatlaş maqsadida tumanimiz mahallalaridagi 150dan ortiq yoş oilalarga 600 tupdan ortiq mevali, 150 tupdan ortiq gul köçatlari bulardan taşqari "Namunali köça”larga 1000 tupdan ortiq manzarali köçatlari fond tomonidan tarqatib berildi.
Zero, bugun qadalayotgan nihollar, hademay, böy körsatib, yurtimizni boğlarga burkaşi şubhasiz. Ularga boqqan kişining baxri-dili oçilib, köngli osmon qadar yuksalişi turgan gap, bu ajib boğlar yaxşilarning mehnati bilan yaralib, ularning mehridan yaşnamoqda.
Gavhar Çimbayçiyeva,
«Mahalla» xayriya jamoat fondi tuman bölinmasi boş mutaxassisi.
(Foto - turkistonpress.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶