KAPANTINGA OID QONUN TALABLAPI KUChAYTIPILDI
Maʼlumki, COVID-19 virusi bugunga kelib dunyoning 170 ga yaqin davlatlariga tarqalib ulgurdi. Ayrim davlatlarda “koronavirus” deb nom olgan mazkur kasallika qarshi samarali kurash olib borayotgan boʻlsa, ayrim davlatlar aksincha tang ahvolda qolmoqda. Bu ahvol asosan shu davlat fuqarolarning qanchalik qonunga itoatkorligi va tibbiy madaniyatiga bogʻliq boʻlib qolmoqda.
Pespublikamizdagi ahvolni OAV, ijtimoiy tarmoqlar yetarlicha yoriti bormoqda. Yomon tomoni karantinga olingan fuqarolar soni kun sayin salbiy tomonga oshib borayotganini kuzatayotganimiz. Masalan, karantin tadbirlari eʼlon qilingan kundan boshlab bugungi kunga qadar (2020-yil 27-mart) respublikamiz boʻyicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bogʻliq holatlar jami 7157 holatni tashkil qilgan. Yoki boʻlmasa bir sutka mobaynida (27-mart) Toshkent shahrining oʻzida Toshkent shahar IIB tomonidan 1046 ta karantin rejimi buzilgani holati qayd etilgan. Qonunbuzarlarning 1007 nafari jamoat joylarida tibbiy niqob taqmagan boʻlsa, 39 nafari uy karantini talablarini buzgan (Manba hudud.uz telegramm kanali 27.03.2020-yil). Shu raqamlarning oʻzi ham fuqarolarmizning nechogʻlik beeʼtibor, tibbiy va huquqiy madaniyati pastligini koʻrsatib turibdi.
Shu va boshqa salbiy holatlarning oldini olish maqsadida 2020-yil 26-mart kunidan “Oʻzbekiston Pespublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Oʻzbekiston Pespublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonuni kuchga kiritildi.
Jinoyat kodeksining 2445-moddasiga koʻra endilikda Karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklarning paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarni tarqatish, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan maʼlumotlarni nashr qilish yoki boshqacha usulda koʻpaytirilgan matnda yoki ommaviy axborot vositalari, shuningdek Internet butunjahon axborot tarmogʻi orqali tarqatish —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan toʻrt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi»;
Shuningdek kiritilgan oʻzgartirishga koʻra Jinoyat kodeksining 2571-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etildi:
«Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish, shu jumladan karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida davlat sanitariya nazorati organlarining tibbiy tekshiruvdan oʻtish va davolanish, karantinni oʻtash uchun belgilangan joylarga yetib borish va ushbu joylarni belgilangan muddat davomida tark etmaslik, kasallik yuqish xavfi mavjud boʻlgan davrda muloqotda boʻlingan shaxslar va borilgan joylar haqidagi maʼlumotlarni oshkor qilish toʻgʻrisidagi yoki boshqa qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik odamlarning ommaviy kasallanishi yoki zaharlanishi real xavfini keltirib chiqarsa yoxud odamlarning ommaviy kasallanishiga yoki zaharlanishiga olib kelsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solish yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmish odamning oʻlimiga sabab boʻlsa, —
ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Oʻsha qilmish odamlarning oʻlimiga sabab boʻlsa, —
yetti yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi».
Oʻzbekiston Pespublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi quyidagi mazmundagi 292-modda bilan toʻldirildi:
«292-modda. Karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash.
Unga koʻra Karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzishga oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxsga nisbatan tegishli tibbiy asoslar mavjud boʻlgan taqdirda davlat sanitariya
nazorati organlari tomonidan karantinda saqlash yoki davolanish tarzidagi tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi qoʻllanilishi mumkin.
Tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasi oʻttiz sutkagacha boʻlgan muddatda maʼmuriy jazo tayinlash bilan birga qoʻllaniladi hamda davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan belgilangan joylarda ijro etiladi.
Tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasining ijrosi davlat sanitariya nazorati, ichki ishlar va Oʻzbekiston Pespublikasi Milliy gvardiyasi organlari tomonidan taʼminlanadi»;
Oʻzbekiston Pespublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 54-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etildi:
«Karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravishda jamoat joylarida niqobsiz boʻlish —
bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishining yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzish, shu jumladan karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi hamda tarqalishi sharoitida shifoxonadagi ichki tartibga rioya etmaslik, davlat sanitariya nazorati organlarining tibbiy tekshiruvdan oʻtish va davolanish, karantinni oʻtash uchun belgilangan joylarga yetib borish va ushbu joylarni belgilangan muddat davomida tark etmaslik, kasallik yuqish xavfi mavjud boʻlgan davrda muloqotda boʻlingan shaxslar va borilgan joylar haqidagi maʼlumotlarni oshkor qilish toʻgʻrisidagi yoki boshqa qonuniy talablarini uzrli sabablarsiz bajarmaslik, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — oʻttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi».
Balkim kimgadir bu qoidalar qattiq va ogʻir boʻlib koʻrinar.
Ammo shuni toʻgʻri tushunimiz kerakki bu qonunlarning hammasi oʻzimizning tinchligimiz, sogʻligimiz va kelajagimiz uchun yaratildi.
Albatta insonni jazolash bilan uning sogʻligini tiklab boʻlmaydi. Ammo “muammoning yechimi har bir fuqaroning oʻzida” – ekanligini hamma fuqaro ham xaligacha anglab yetmayapti!
Yuqoridagi statistik koʻrsatkichlar fuqarolarimizni shunday choralar qoʻllashga majbur qilmoqda...
Shunday ekan men har bir fuqarodan oʻzini, oilasini va vatanini oʻylab sabrli boʻlib uyda oʻtirishini soʻrayman! Karantin qoidalariga, shaxsiy gigiyena talablariga birovning majburlovi bilan emas, oʻz tafakkuri va farosati bilan amal qilishiga daʼvat etaman...
M.Matyusupov, Amudaryo tuman Adliya boʻlimi boshligʻi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶