“JAYXUN ILHOMLAPI” NNT AHLI ŞUAPONI NAVPÖZ MUŞOIPASIGA ÇOPLADI
Baʼzan davralarda köngillarni tebratuvçi bir savol tegrasida qalblar hayajonlar oğuşiga singiydi:
- Nega ahli aşʼor eng yaxşi şeʼrlarini bahorda yozadilar va fasli navbahorni madh etadilar? Ajab! Şoir qalbi bilan bahorning uyğunligi bormi yo?
- Ha, bor, azizlar. Qadamlar kengliklarga eltadi şoirni bu faslda. Nainki şoir, inson bolasi borki, yaşillanib, tobora çiroy oçayotgan boğlar bağriga oşiqadi. Dillarni şukrona çulğaydi:
- Kökingga yetkazganingga şukur, Tangrim!
Ana endi ayting, ahli şuaro bunday pallada qanday uyiga siğsin?! Yaratganning irodasi ila qalbiga quyilib kelayotgan bahoriy baytlarda ham orzular, tuğyonlar ğalayoni!
Uyim mening hamma joydan keng edi,
Arşi aʼlo, jannatlarga teng edi.
Siğmay qoldim şu makonga men endi,
Azizlar navbahor keldi!
Bahorning gözal taşrifi Amudaryo elining şoiru şoiralarini yana bir davraga jam etdi. “Taraqqiyot közgusi” gazetasi tahririyati qoşidagi “Jayxun ilhomlari” notijorat nodavlat taşkiloti rahbari, taniqli jurnalist Örozali Peyimov hamda Qoraqalpoğiston Pespublikasida xizmat körsatgan jurnalist Saʼdulla Xöjaniyozovlarning taşabbusi bilan taşkilot aʼzolari iştirokida “Sen bahorni soğinmadingmi?” deb nomlangan bahor muşoirasi bölib ötdi. Bir piyola çoy ustida boşlangan muşoirada şoir va el sevgan salomçi Tursunboy Abdullayev, şoir Ahmad Nafasov, şoira qizlardan Zulfiya Ollayorova, Zuhra Ahmedova, Gulnora Yusupova, Muhayyo Örinboyeva hamda havaskor şoira, 27-sonli maktab öquvçisi Tursunoy Jiyanboyevalar iştirok etişdi.
Navrözona şeʼriyat bazmi ahli şuaroni şeʼr bahsiga çorlovçi satrlari bilan boşlandi.
Azizim, boşlandi bahor ayyomi,
Martning etagida körindi rizq-röz.
Qaldirğoçga töldi Vatan ayvoni.
Umrga zeb berib keldi gul Navröz!
Sen ham davraga kel, könglingni oçib,
Yana Navröz keldi rizqqa yöl oçib!
Qalblariga bahor jöşqinligi ingan şoir oğalar Tursunboy Abdullayev va Ahmad Nafasovlar biri-biridan özib şeʼr öqidilar. Şeʼriyat bazmi davrasi kengaygandan-kengaydi, muşoira gali qizlarga yetdi. Zulfiyaxon Ollayorova şeʼr bahsida özini namoyon qildi. Latif, öynoqi, xalqona satrlari dillarga jo böldi. Zuhraxon Ahmedova oçilib-soçilib bahorni madh etarkan, har bir qalb tubida betakror bolalik xotiralari uyğondi. Halinçaklar sollangan baland gujumlar, sumalakka çoğlangan momolar muşoira davrasiga sumalakning xuş iforini ufurganday böldi göyo.
Gulnora Yusupova, Muhayyo Örinboyevalarning baxşiyona ijod namunalari şeʼriyat ixlosmandlarini maftun etdi. Eng jajji ijodkor Tursunoy Jiyanboyevaning qalbidan tökilgan öynoqi satrlar bahor jilğalari kabi köngillarga gözallik bağişladi.
“Sen bahorni soğinmadingmi?” muşoira bazmi taşkilotçilari Saʼdulla Xöjaniyozov va “Jayxun ilhomlari” NNT rahbari Örozali Peyimovlarning bahoriy baytlari köklamga yetgan köngillarga şukronalik, orastalik, samimiyat bağişladi. Haqiqatan ham bahorni soğingan köngillar yanada tozardi, yangi ijod lahzalariga oşno böldi. Tursunboy Abdullayev şu yerning özida doston yöllarida tabriklar bitib, tumanimizning ardoqli farzandlariga, şu barobarida muşoira iştirokçilariga ham şeʼriy salomlar yölladi. Bahorni soğingan köngillar yuksalib bu qutluğ kunga şukronalar aytildi.
Amuning suvlariga töş urib uçgan quşim,
Bolajonlar quvonçin pirpirab, quçgan quşim –
Varraklarmi!? Yöq, ular EPK nurin içgan quşim,
E-hey! Yaşil börk ila çulğandi öng-u tuşim.
Köklandi qir-u dalam! Közlarga surtdik, şukur!
Taşkilot aʼzolari, badiiy ijod ahli tomonidan ötkazilgan uşbu muşoira har bir qalbga jöşqinlik, bahoriy ilhom va şukurona bağişladi.
Pobiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶