YaŞIL HUDUDLAP TUMANIMIZ IQLIMI VA TABIATINI MUVOZANATGA SOLIB TUPADI
Örmonlar – yaşil boyligimiz. Uşbu yaşil boylikning qadr-qimmatiga yetiş, asrab-avaylaş esa har birimizning zimmamizdagi burçimizdir. Mamlakatimiz hududidagi örmonlar tabiiy köpayiş xususiyatiga ega bölişiga qaramasdan mutaxassislar tomonidan ham örmonzorlarni intensiv rivojlantiriş böyiça tizimli işlar amalga oşiriladi.
Tumanimiz hududidagi yirik Qipçoq davlat örmon xöjaligida amalga oşirilayotgan keng kölamli işlarning butun mazmun-mohiyati ham yaşil hududlarni yanada kengaytiriş, örmonlardan foydalaniş samaradorligini oşirişdan iborat. Umumiy yer maydoni 16540 gektarni taşkil etuvçi mazkur xöjalikning 3348,1 gektar yeri yaşil örmonzorlar bilan qoplangan. Qolgan yer maydonlarida yangi örmonzorlar barpo etiş, uruğçilik va köçatçilik, qişloq xöjaligi ekinlarini ekiş va parvarişlaş, dorivor ösimliklar uruğlarini tayyorlaş va ekiş, şuningdek, qöşimça tarmoqlar faoliyatini yölga qöyiş va rivojlantiriş yönalişlarida iş olib boriladi.
Prezidentimizning 2019-yil 23-avgustdagi “Pespublikada örmonlardan foydalaniş samaradorligini oşirişga doir közlangan çora-tadbirlar töğrisida”gi Qarori va uşbu Qaror ijrosini taʼminlaşga qaratilgan Qoraqalpoğiston Pespublikasi Vazirlar Kengaşi va tuman hokimining qarorlariga muvofiq Qipçoq davlat örmon xöjaligida barça işlar xöjalik mutaxassislari tomonidan aniq va puxta reja asosida taşkil etilgan. Xususan, ötgan yil davomida örmon barpo etiş, uruğçilik va köçatçilik yönalişida amalga oşirilgan işlar samarali böldi. Yillik rejaga köra, 3650 kilogramm turli xil örmon butalari uruği tayyorlanişi közda tutilgan bölib, ayni kungaça 36456 kg, uruğlar tayyorlandi. Şundan 35656 kg. saksovul, 1800 kg. qorabaroq uruğlari terilib, Orolqum hududida barpo etilayotgan yaşil hudud bunyodkorlariga yetkazib berildi.

Qipçoq davlat örmon xöjaligi hududidagi qumloqlarda yangi örmonlar barpo etiş böyiça olib borilayotgan işlar tufayli ayni paytda 28 gektar qumli hududga saksovul köçatlari ötqazilib, 45 gektar maydonga saksovul uruğlari ekildi. Mavsum oxirigaça yana 27 gektar qumli hududga saksovul köçati va 45 gektar yerga saksovul uruğlari ekilib, qumli hududlardagi saksovulzorlarni 145 gektarga yetkaziş rejalaştirilgan.
Örmonzorlar barpo etiş va buyurtmaçi taşkilotlarga zarur köçatlarni şartnoma asosida yetkazib berişga ham alohida ahamiyat qaratilmoqda. Ayni paytda örmon xöjaligidagi 3 gektarlik niholxonada saksovuldan taşqari, yapon saforasi, glediçiya, klen, dub, mojjevelnik, şarq tuyasi kabi noyob daraxt köçatlarining tumanimiz iqlim şaroitiga moslaştirilgan navlari parvarişlanmoqda. Uşbu köçatlar buyurtmaçilarga öz vaqtida, sifatli yetkazib berilişi uçun xöjalikda faoliyat yurituvçi 44 nafar malakali mutaxassis va işçilar masʼul.

Qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiriş uçun ajratilgan 6 gektarlik unumdor yer maydoni ayni paytda bahorgi ekiş işlariga tayyor holatga keltirildi. Örmon xöjaligida ozuqabop ösimliklar, şuningdek, dorivor giyohlar ham parvariş qilinadi. Naʼmatak, tirnoqgul, yaʼni kalendula kabi dorivor ösimliklar yetiştiriladi. Xöjalik tomonidan 2020-yilda belgilangan reja asosida 90 tonna dorivor ösimliklar qismlari yiğilib, qayta işlovçi farmatsevtika sanoati korxonalariga yetkazib beriş rejalaştirilgan.
Qipçoq davlat örmon xöjaligi çetdan qaraganda faqat jaydari daraxtzorlardan va çöl butazorlaridan iboratdek körinadi. Lekin xöjalikning umumiy faoliyati bilan yaqindan tanişgan kişi bu hududda keng qamrovli işlar amalga oşirilayotganiga guvoh böladi. Şu bilan birga yil sayin rivojlanib borayotgan qöşimça tarmoqlar – asalariçilik va parrandaçilikning istiqboliga havas qilişi tabiiy. 132 ta oiladan iborat asalari uyalarida mavsumda möl va şifobaxş, betakror örmon asali yetiştiriladi. Yaqin vaqt içida parrandalar umumiy sonini 1000 taga, mayda şoxli mollar sonini 111 boşga yetkaziş taraddudini körayotgan örmonçilarning rejalari katta. 0,07 ga maydondagi issiqxona xöjaligida esa 200 tup limon köçatlari barq urib rivojlanayotganidan dalolatki, örmonçilar yaqin vaqt içida limon yetiştirişning ham uddasidan çiqadilar.

Oçiq maydonlarda yetiştirilayotgan anor, anjir, daraxtlaridan taşqari tut, qayrağoç, yasen, katalpa, tol, terak köçatlari tumanimiz fermer xöjaliklari hududlaridagi ariq va yoplar böyiga ekildi.
Har qanday sohaning taraqqiyotini yangi loyihalar, işlab çiqariş quvvatlari belgilaydi. Buni yaxşi bilgan Qipçoq davlat örmon xöjaligi mutaxassislari asalariçilikda yangi loyihani amalga oşirdilar. Xöjalikda BMTning rivojlantiriş loyihasi asosida qiymati 31 ming yevrolik asal va boşqa mahsulotlarni qadoqlaş tsexi taşkil etildi. Mazkur tsex hajmi har xil şişa va plastmassa idişlarda tayyor mahsulotlarni qadoqlaşga möljallangan.
Yaşil örmonzorlar – umumxalq mulki, uni asraş, boyitiş har birimizning burçimiz. Şu bois, mazkur hududda özboşimçalik bilan ov qiliş, daraxt kesiş, yaylovlarda ruxsatsiz çorva mollarini boqiş, olov yoqiş holatlariga qarşi muntazam ravişda profilaktik tadbirlar olib boriladi. Çunki bu yaşil olamning ham ösimliklar dunyosini, ham hayvonot dunyosini biri-biriga mutanosib ravişda rivojlantiriş soha xodimlarining zimmasidagi yuksak masʼuliyatdir.
Bu hududlar – nafaqat yaşil boyligimiz, balki tumanimiz iqlimi va tabiatini muvozanatda saqlab turişga xizmat qiluvçi kislorod fabrikasidir. Unga ziyon yetkazişga heç birimizning haqqimiz yöq.
Pobiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶