Jiydali qulonliklar bugungi sinovli kunlarni hamjihatlikda ötkazişmoqda
Xalqimizda yer dehqonni boqadi degan hikmatli gap bor. Mehnatkaş xalqimiz erta bahordan möl-köl hosil, rizq-röz undiriş ilinjida yer bilan tillaşib, unga mehr qöyadi. Har bir niholni öz farzandi kabi tarbiyalaydigan, kun-u tun mehnat işqi bilan yaşaydigan asl dehqonlar Oq oltin ovulining Jiydali qulon aholi punktida ham umrguzaronlik qilişadi.
Jiydali qulonda 169 xonadon mavjud bölib, unda 943 nafar aholi yaşaydi. Xonadon sohiblari mehnatda suyagi qotgan, yerning tilini, dehqonçilikning hadisini olgan insonlar. Hatto qaçon, qaysi oyda, qanday yerga qanaqa ekinlar ekilişidan tortib, har soatda qanday parvariş qilişgaça bilişadi. Yil ön ikki oy tinimsiz mehnat qilişadi. Qiş oylarida ham böş ötirmasdan, issiqxona uçun kerakli miqdorda töyintirilgan maxsus tuproq tayyorlaşadi. Fevral oyidayoq köçat ötqazişni boşlaşadi. Bugungi kunda deyarli har bir xonadonda qölbola issiqxona bor. Unda ertaki karam, pomidor, bodring, bulğor qalampiri, baqlajon, qovun, tarvuz, har xil navdagi gul köçatlari, kökatlar, piyoz yetiştirişadi.

Butun dunyo böylab koronavirus kasalligi tarqalib, karantin eʼlon qilingan ayni kunlarda kimdir uyida yotib, kimnidir vahima bosib, tahlikada turgan bir kunda jiydali qulonliklar tomorqasidagi issiqxonasida oilaviy mehnat qilişmoqda. Tomorqalariga issiqxonada yetiştirilgan sabzavot köçatlarni ötqazib, ortganini kam taʼminlanganlarga bepul berişayapti.
- Qişloğimiz yoşlari Possiya, Qozoğiston davlatlari yoki Toşkentga borib, iş izlab, sarson-sargardon bölib yurişmaydi. Hovli, tomorqa, dala yumuşlaridan ortmaydi. Çunki tomorqamizdan yiliga 3-marta ekin ekib olamiz. Ayni paytda mana bu 0,2 sotix yerda yetiştirgan piyozimizning özidan 3 million daromad oldik. Şu dehqonçilik orqasidan 2 öğlimni uylantirib, 2 qizimni çiqardik, imorat solib, maşina oldik. Dalada qovun-tarvuz ham ekamiz, mol boqamiz. Xullas tirikçiligimiz binoyiday -, deydi Maryam opa Bobojonova.
Jiydali qulonda yaşovçi mehnatkaş ayollardan Norgul Xudoyorova, Jumagul opa Gapparovalar ham 3-4 sotix yerga qurilgan issiqxonasidan har yili 10-12 million sömlik daromad olişadi. Ayni kunda ular butun aholi punkti böylab, xonadonlarga köçat yetkazib berişayapti. Qişloq aholisining yana bir xislati borki, ular nafaqat halol mehnatni uluğlaşadi, balki ilm olişga ham qiziqişadi. Ota-onalar farzandlarini öqimişli, ilmli-bilimli qilişga intilişadi. Har yili bu qişloqdan 10-12 nafar yoşlar oliy taʼlimga öqişga kirişga muvaffaq böladi.

Ayni kunda Jiydali qulonda iş qizğin. Bekorçilik, uning orqasidan keladigan özaro kelişmovçilik, uruş-janjallar ham yöq, hammayoq tinç. Bir-biriga mehr-oqibatli, hamjihat aholi yaşaydi. Sariştalikka, tozalikka, bugungi kunda hammani tahlikaga solayotgan koronavirus infektsiyasidan saqlaniş qoidalariga amal qilib, xonadonini, köçasini, mahallani ozoda tutadigan kelin-qizlari bor.
Ha, birdamlikda köp sinovlarni, qiyinçiliklarni yengiş mumkin. Birgalikda mutaxassislar berayotgan tavsiyalarga, karantin qoidalariga qatʼiy amal qilsak, albatta, bu kunlardan ham talofatlarsiz ötamiz.
Ziyoda Sadaddinova, Oq oltin ovul fuqarolar yiğinining
Oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy
masalalar böyiça rais örinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶