28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 17:20
Jamiyat 👁 674

SINOVLI KUNLARDA XALQIGA YeLKADOSh BOʻLAYoTGAN DEPUTAT

SINOVLI KUNLARDA XALQIGA YeLKADOSh BOʻLAYoTGAN DEPUTAT

El shaʼnini er yigitlar koʻtaradi. Ha, intilib, orzu maqsadlari yoʻlida kurashib, hayotda oʻz oʻrnini topgan, el-yurtimizga fidoyi xizmat qilayotgan oʻgʻlonlar bilan qancha faxrlansak oz. Boisi ular tumanimiz, respublikamiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshish bilan birga bugungiday sinovli kunlarda ogʻir sharoitga tushib qolgan yurtdoshlariga ham madad boʻlishmoqda.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga tumanimizning Oʻrta qalʼa okrugidan saylangan deputat Otabek Davletov ana shundaylar toifasidan. U Mangʻit shahrida tugʻilgan, oʻrta maktabni tamomlagach, Moskvadagi Timiryazev nomidagi qishloq xoʻjaligi akademiyasida oʻqidi. Keyinchalik 2004-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomladi. U oʻz mehnat faoliyati davomida qator maʼsul lavozimlarda, Amudaryo tumani hokimligida, shu yil 28-maygacha esa “Qoraqalpoq agroximiya” aktsionerlik jamiyati direktori vazifasida ishladi.

U xalqning faol ishonchli vakili sifatida Oʻrta qalʼa saylov okrugi saylovchilari bilan tez-tez uchrashib, aholi turmush tarzi bilan tanishib, muammolarini oʻrganib, ijobiy hal qilinishi uchun intiladi.

Otabek Davletov ayni kunlarda pandemiya sharoitidan kelib chiqib, tumanimiz hududlarida boʻlib, “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati doirasida belgilangan rejalarning bajarilishini taʼminlash, koronavirus pandemiyasining iqtisodiyotimizga salbiy taʼsirini kamaytirish maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni aholi orasida keng targʻib qilib, ularni sinovli kunlarni birgalikda, hamjihatlikda yengishga, oilasi bagʻrida daromad topishga daʼvat etmoqda.

Shuningdek, oʻz saylov okrugi hududidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, boquvchisini yoʻqotgan va imkoniyati cheklangan shaxslar mavjud oilalarni aniqlab, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga ham intilmoqda.

Otabek Davletov shu kunlarda tumanimizda boʻlib, tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati OʻzLiDeP tuman Kengashi deputatlik guruhi rahbari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi birinchi oʻrinbosari Muqaddas Beknazarova hamrohligida aholi hayoti bilan tanishdi, muammolarini oʻrgandi hamda oʻrganish jarayonida aniqlangan Mangʻit shahrining Oybek nomli, Boʻston mahallalari, Amir Temur nomli, Toshyop, Oʻrta qalʼa ovullari va Bogʻ, Arna boʻyi mahallalarida istiqomat qiluvchi jami 21 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj, 29 ta boquvchisini yoʻqotgan oilalarga xayr-ehson qildi. Har bir oilaga 25 kilogramlik bir qopdan un, 6 litr oʻsimlik yogʻi, 6 kilogrammdan shakar, 10 kilogrammdan guruch, 1 kilogrammdan quruq koʻk choy tarqatdi.

Saxovat,  xayr-ehson qilish, ogʻir kunlarda bir-birovga hamdard, suyanchiq boʻlish kishi hayotini bezaydigan savobli amallardandir. Xalqimizning bu boqiy va qadimiy qadriyatlari koronavirus pandemiyasiga qarshi oʻrnatilgan karantin davrlarida, ayniqsa, yaqqol namoyon boʻlayotir.

Ogʻir va sinovli kunlarda muntazam ravishda 50 ta oilani ijtimoiy qoʻllab-quvvatlayotgan deputat Otabek Davletov Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining navbatdan tashqari boʻlib oʻtgan turtinchi sessiyasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi oʻrinbosari boʻlib saylandi.

Tumanimizdan yetishib chiqqan iqtidorli, salohiyatli va shu bilan birga elparvar inson Otabek Davletovning ushbu masʼuliyatli lavozimda ham xalqimizga sidqidildan fidoyi xizmat qilishiga astoydil ishonamiz.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026