MAHALLALARDA DAVLAT XIZMATLARI MARKAZLARINING FILIALLARI TAShKIL ETILADI
Xalqimizga davlat xizmatlari soxasini yanada rivojlantirish, davlat xizmatlari sifatini yaxshilash hamda xizmat koʻrsatish hajmini oshirish boʻyicha keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Buning yorqin misoli tariqasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 31-yanvar kuni qabul qilingan “Davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 5930-sonli Farmonini aytib oʻtish joiz.
Farmonga muvofiq, tadbirkorlik subʼektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyishning avtomatlashtirilgan tizimi Adliya vazirligi xuzuridagi Davlat xizmatlari agentligiga oʻtkazildi.
Shuningdek farmonga koʻra shaharlar va qishloqlarda yuridik shaxs tashkil etmagan holda davlat xizmatlari markazlari filiallari bosqichma-bosqich tashkil etiladi.
Filiallarning asosiy vazifalari etib jismoniy va yuridik shaxslarga keng koʻlamli, atab oʻtilganda mobil (sayyor) davlat xizmatlari koʻrsatish;
fuqarolarning elektron davlat xizmatlaridan foydalanish madaniyatini oshirish, yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanishning dastlabki koʻnikmalari boʻyicha maslahatlar berish;
tegishli hudud aholisini koʻrsatiladigan davlat xizmatlari haqida muntazam xabardor qilib borish vazifalari belgilandi.
2020-yil 1-apreldan Toshkent shahrida faqat Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rasmiy veb-saytlari orqali koʻrsatiladigan davlat xizmatlari roʻyxati tasdiqlandi.
Xususan:
Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi oʻsimliklar va ularning qismlarini olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma;
Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, hayot faoliyati mahsulotlari, zoologiya kollektsiyalari, trofeylar, tulumlarni olib kirish va olib chiqishga ruxsatnoma;
Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi hayvonlarni saqlash va koʻpaytirish boʻyicha pitomnikni, shuningdek, zoologik kollektsiyalarni hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi guvohnoma;
Tadbirkorlik subʼektlari yagona davlat reyestridan tadbirkorlik subʼektining oʻzi toʻgʻrisida koʻchirma;
Tadbirkorlik subʼektlari yagona davlat reyestridan koʻchirma, maxfiy axborot bundan mustasno;
Tadbirkorlik subʼektlari yagona davlat reyestridan soʻralayotgan axborot va (yoki) hujjat mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish;
Tadbirkorlik subʼektlari yagona davlat reyestridan tadbirkorlik subʼektlari roʻyxatini elektron shaklda berish, olish imkoniyati qonun hujjatlari bilan cheklangan maʼlumotlar bundan mustasno;
Manzil-maʼlumot axborotlarini taqdim etish;
Soliq toʻlovchi jismoniy shaxslarni soliq organlarida hisobga qoʻyish, STIR berish;
Yakka tartibdagi tadbirkorning roʻyxatdan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasini toʻxtatib turish.
Bu kabi harakatlar natijasida va amalga oshirilayotgan isloxotlar, tajriba va oʻrganilgan amaliyotlar xalqimizga tez va sifatli davlat xizmatlari koʻrsatishda oʻz natijasini berishi shubhasiz.
F.B.Seytimbetov, Davlat xizmatlari agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi bosh maslahatchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶