18.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
18.08.2026, 08:12
Maqolalar 👁 308

KITOB MUTOLAASI – MAʼNAVIYaT GAROVI

KITOB MUTOLAASI – MAʼNAVIYaT GAROVI

Bundan uch yil ilgari Prezident Sh.M.Mirziyoyev tomonidan respublikamizda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishda tizimli birinchi qadamga keng yoʻl ochib berdi. Jumladan, “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻibot qilish boʻyicha komissiya tuzish toʻgʻrisida”gi Farmoyishida kechiktirib boʻlmasdan bajaradigan vazifalar har bir ziyoli-oʻqituvchi oldiga dolzarb masalalarni qoʻydi. Darhaqiqat, mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan kuni kecha qabul qilingan Ayniqsa, maʼnaviy immunitetni shakllantirish, bola tarbiyasini oila-mahalla-taʼlim muassasasi hamkorligida izchil olib borish tizimini yanada jadallashtirishga keng dasturiamal boʻlib xizmat qilishga undadi.

Har bir shaxs avvalo, hayotni tanishida, tafakkuri yuksalishida, oʻzligini anglashida, baxtu iqbolga erishuvida eng beminnat yordamchi, xaloskor kuch – kitobga suyanadi. Jahon adabiy durdonalarini yaratgan daholar ham oʻzlarini shu darajaga yetishida kitobga suyandilar, undangina najot axtardilar. Paygʻambarimiz Muhammad s.a.v. ham “Beshikdan qabrgacha ilm izla” deya sababsiz oʻgit qilmagan.

Maʼlumingizkim, yozuvchi-shoir, ijodkor, adabiyotshunos boʻladimi, maʼnaviyat targʻibotchisi, shu sohaning yetuk mutaxassisi boʻladimi, barcha-barchasi bitta maqsad sari yakdildirlar. Jumladan, Farmoyishda belgilangan quyidagi vazifalar oliy taʼlim professor-oʻqituvchisidan tortib, murabbiy-tarbiyachisining ongli ravshida bajaradigan, bu oʻrinda mavjud muammolarni toʻlaqonli hal qiladigan ishlaridan biridir:

“- aholi, ayniqsa, yoshlar orasida badiiy jihatdan yuksak, intellektual saviyani oʻstirishga xizmat qiladigan kitoblarga boʻlgan talabni oʻrganish, shu jumladan, ijtimoiy soʻrovlar orqali aniqlash, nashriyotlar tomonidan chiqariladigan badiiy, maʼrifiy, yoshlarning dunyoqarashini kengaytirishga doir adabiyotlarning (shu jumladan elektron shaklda) umumiy buyurtma roʻyxatini shakllantirish tizimining holati”ni keng qamrovli yoʻlga qoʻyish eng dolzarb vazifalar sirasiga kiradi. Binobarin, badiiy adabiyot inson ruhiyatini yuksaltirish barobarida, uning oʻtmishi va kelajagi orasida turuvchi koʻprikdir. Azal-azaldan buyuk siyosatchilar davlatni idora qilishda, boshqaruv tizimini joriylashda maʼnviyat va maʼrifat, “azmu shijoat”, “toʻgʻri qaror qabul qilish” orqali oʻz qoʻrgʻonini mustahkamlaganlar. Hatto oʻz xalqini yov qoʻshinidan xalos qilgan zukko qahramon Shiroq ham qabilasidan oʻrgangan ilmu zakovati orqali shunday tarixda qoldi. Buyuk ajdodlarimiz ham badiiy mutolaani har doim eng yuksak qadriyat sifatida eʼzozlaganlar. Shu yoʻsinda oʻz oldiga qoʻygan maqsadlariga ogʻishmay erishganlar. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev “bolalarning kitob oʻqishi, oʻzligini anglashi, ularni har tomonlama chuqur bilimli, dono qilib tarbiyalashda eng maqbul vosita kitobga boʻlgan eʼtiborini, ehtiyojini jalb qilish eng asosiy vazifalarimizdan biri sifatida boʻlmogʻi kerak” degan ibratli oʻgitlari har bir ziyoliga kuchiga kuch, gʻayratiga gʻayrat boʻlib qoʻshilishi aniq.

Chunonchi, kitobxonlik borasida aytilgan jamiki ezgu fikrlar avlodlar ongu tafakkuriga muqim singdirilmogʻi zarur. Biz badiiy kitobxonlikni bugun yoki ertaga emas, har bir qilyotgan ezgu ishlarimizda, taʼlim jarayonida hayot bilan bogʻlab tizimli tatbiq qilib bormasak, koʻzlangan natijalarga erishishda kechikishimiz hech gap emas! Avvalo, bu borada yetakchi mutaxassislar, shoiru yozuvchilar, maʼnaviyat targʻibotchilari ham masʼuliyat bilan yondoshmogʻi lozim.

Men adabiyot fani oʻqituvchisi sifatida oʻz sohamizga berilayotgan eʼtibor, bu eʼtiborning mohiyatida – farzand tarbiyasi, ularning maʼnaviy kamoloti turganligini teran his qildim, bu ezgu qadamlarda oʻzaro hamkorlik degan qarashlarni mushohadalab koʻrdim. Demak, Farmoyishning mazmun-mohiyatida belgilangan eng dastavval kechiktirib boʻlmaydigan vazifa – talabani qanday mutolaaga oʻrgatish, kitobxonlar auditoriyasini kengaytirish mumkin degan eng dolzarb savol turibdi. Biz axborot kommunikotsion texnologiyalar asrida yashayapmiz, elektron darsliklar, elektron badiiy adabiyotlarni yuklab olish, mavjud vositalar yordamida oʻqitish tizimini aniq mexanizmlarini ishlab chiqish ham samaradorlikni oshirishga qulaylik tugʻdiradi.

Badiiy adabiyot – ruh ozuqasi! Shunday ekan, Farmoyishda belgilangan vazifa va topshiriqlarni uddasidan chiqish, yoshlar maʼnaviyatini yanada yuksaltirishga, olijanoblik, vatanparvarlik, bagʻrikenglik, har qanday vaziyatda, masalaga erkin yondoshadigan, mustaqil tushunchaga ega shaxsni tarbiyalash har bir davrning dolzarb muammosi ekanligini unutmaslik lozim. Kitobxon xalqimiz, badiiyat durdonalari qaʼtidagi ibratli maʼnolarni, oʻgitlarni anglatish, ularni qadriyatlarga sadoqat ruhida kamol toptirish borasida aniq tashabbuslarni bajarishimiz darkor. Shundagina Mustaqil Oʻzbekistonimizning nainki sarhadlari, balki maʼnaviyat atalmish mustahkam qoʻrgʻonimizni koʻz qorachigʻiday asarab-avaylagan boʻlamiz.

Xursandbek TOʻLIBOYeV, filologiya fanlari boʻyicha

falsafa (PhD)doktori Ajiniyoz nomidagi

Nukus davlat pedagogika instituti

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019