TUMANDA QURILISh IShLARI DAVOM ETTIRILMOQDA
Barchamizga maʼlumki, karantin cheklovlari natijasida butun mamlakatimizda barcha sohalar qatorida qurilish sohasidagi ishlar ham maʼlum darajada toʻxtatildi. Ammo yurtimizdagi epidemiologik vaziyat tobora yaxshilanib borayotgani sababli karantin qoidalari biroz yumshatilib, belgilangan qoidalarga koʻra ayrim sohalardagi ishlarni davom ettirishga ruxsat berildi. Shunga koʻra tumanimizda yirik qurilish inshootlaridagi ishlar davom ettirilmoqda.
Tumanimizda joriy yilda koʻplab qurilish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan edi. Xususan, Yangiobod va Gulzor mahallalarining har birida 5 ta obʼektdan koʻp qavatli uy-joylar, Oʻrta qalʼa ovulidagi Yusuf xoʻja aholi punktida ichimlik suv tarmoqlari, Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi ombori, Qipchoq ovuli hududida 20-sonli maktabgacha taʼlim muassasasi va Toshyop ovuli hududidagi 13-sonli maktabgacha taʼlim muassasalari, shuningdek, 2019-yildan bu yilga oʻtgan Gulzor mahallasidagi namunaviy uy-joylar qurilishini davom ettirish rejaga kiritilgan.
Ayni paytda “Qurilish xizmat” va “Amudaryo Maxsus Qurilish” masʼuliyati cheklangan jamiyatlari pudratchi tashkilotlari tomonidan 2019-yildan bu yilga oʻtgan Gulzor mahallasidagi namunaviy uy-joylar qurilishi davom ettirilmoqda. Shuningdek, tuman mahalliy byudjeti hisobidan ham yangidan binolar barpo qilina boshladi hamda Olmazor mahallasida yangidan Xotira maydoni bunyod etilmoqda.
Tumanimizni zamonaviy qiyofaga keltirish, koʻrkiga koʻrk qoʻshish va aholi farovon turmush kechirishi uchun qulaylik yaratish maqsadidagi qurilish-bunyodkorlik ishlari karantin davrida ham davom ettirilishi bilan birga ishchilarning xavfsizligi taʼminlanishiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ishchilar sanitariya va gigiyena qoidalariga toʻliq rioya qilib, masofa saqlagan holda jadal surʼatlarda qurilishni davom ettirishmoqda.
Charos Arslonova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶