YoZGI TAʼTILDA MASOFAVIY TOʻGAPAK LOYIHASI YOʻLGA QOʻYILADI
Mana bir pasda maktablarda 2019-2020-yilgi oʻquv yili tugallandi. Barcha oʻquvchilar yozgi taʼtilga chiqdilar. Prezidentimiz va xalq taʼlimi vazirligi qarori bilan tashkil etilgan karantin davridagi onlayn darslar tugadi. 25-may kuniga qadar ish rejasi asosidagi mavzu va sanalar qoʻyilib, 3 ta chorak natijasi va 4-chorakda oʻquvchilar faolligi inobatga olinib, shu asosda baholar chiqarildi.
Hozirgi vaqtda pandemiya qoidalariga rioya qilgan holda, aynan bitiruvchi sinflarimiz, yaʼni 9-11-sinflar oʻquvchilariga yillik baholar chiqarilib, chorakliklarni aynan bloklangan shaklda aniq fanlar boʻyicha, tabiiy fanlar alohida-alohida oʻqituvchilarimizni maktabga taklif qilib, maʼlum tartib shaxmat jadvali asosida amalga oshirilyapti.
Shu kunlarda 60-sonli maktabda ham bu jarayonlar davom etmoqda. Masofaviy taʼlimda ishtirok etgan sinflar, yaqindan koʻmak bergan ota-onalar, jonkuyar oʻquvchilarga alohida minnatdorchiliklar bildirilmoqda. Ayni vaqtda maktabda oʻquv darslik kitoblarini kutubxonaga oʻrnatilgan tartibda topshirish va qabul qilib olish jarayoni toʻgʻri tashkil etilmoqda. Shuningdek, yozgi taʼtilda “Onlayn maktab” loyihasi oʻrnida “Onlayn toʻgarak” loyihasi yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilmoqda. Yoshlarning yozgi taʼtilda vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida oʻquvchilarga zamonaviy kasblarni egallashda koʻmaklashish uchun til oʻrganish, kompyuter savodxonligi va dasturlash asoslari, turli xil texnika, tabiiy fanlar, adabiyot, musiqa yoʻnalishlari boʻyicha videodarslar namoyish etib boriladi. Taʼtil davrida “Onlayn maktab” kanallaridan foydalanib, “Oʻquvchini kasbiy rivojlantirish” rukni ostida onlayn darslar namoyishi yoʻlga qoʻyiladi. Bundan koʻzlangan maqsad oʻquvchilarni taʼlim olishiga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish, taʼtilni mazmunli, qiziqarli oʻtkazish oʻquvchilar bilimlarini ragʻbatlantirishdan iborat.
Umid qilamizki, karantin cheklovlari toʻliq olib tashlangandan soʻng, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilgan holda yangi oʻquv yilini jonajon maktablarimizda davom ettiramiz.
Hozircha esa barchamiz karantin qoidalariga rioya qilgan holda uyda qolamiz.
Tozagul SAFAPNIYoZOVA, 60-sonli maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶