ChOʻMILISh MAVSUMIDA AHOLI MUHOFAZASIGA BAGʻIShLANGAN TADBIP OʻTKAZILDI
Yoz mavsumida kunlarning isib borishi, kishilarni beixtiyor suv havzalarida dam olishga chorlaydi. Aynan shunday vaqtlarda suv-transport vositalaridan unumli foydalanmaslik, choʻmilishda xavfsizlik qoidalariga rioya etmaslik turli koʻngilsiz holatlarga sabab boʻladi. Koʻpincha suvda suzishni bilmaslik, suzish tajribasining yoʻqligi va oʻzining jismoniy qobiliyatini inobatga olmasdan suv qirgʻogʻidan uzoqlashish yoxud oʻz tajribasiga haddan ziyod ishonib taqiqlangan suv havzalarida choʻmilish choʻkish bilan bogʻliq mudhish holatlarni keltirib chiqaradi. Zero, ochiq suv havzasi doimo xavf-xatarga toʻla.
Bugungi kunda choʻmilish bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida turli chora-tadbirlar olib borilmoqda. Oʻzbekiston Pespublikasi Bosh vaziri tomonidan tasdiqlangan “Choʻmilish mavsumi davomida suv havzalarida aholi xavfsizligini taʼminlash” borasidagi 2015-yilga moʻljallangan tadbirlar rejasi bu boradagi islohotlar samaradorligini oshirishda muhim dasturilamal boʻlmoqda.
Shuningdek, Oʻzbekiston Pespublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-maydagi “Oʻzbekiston Pespublikasi akvatoriyalarida plyajlarni jihozlash va ulardan foydalanish, shuningdek, fuqarolarning sogʻligʻini muhofaza qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom bilan plyaj va aholining suvda ommaviy dam olishi uchun ajratiladigan joylar uchun alohida tartib-qoidalar hamda qator talablar belgilab berildi.
Yurtimizda choʻmilish mavsumi yaqinlashib kelayotgan vaqtda respublika Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi hamda uning joylardagi boʻlimlari aholining suvda choʻkishi bilan bogʻliq baxtsiz hodisalarning oldini olish boʻyicha qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Vazirlar Kengashining 2020-yil 22-may kungi “2020-yil choʻmilish mavsumi mobaynida koʻl, daryo va kanallar akvatoriyalari, yasama havzalar hamda choʻmilish taqiqlangan hududlarda odamlarning hayoti va sogʻligini muhofaza qilish boʻyicha chora-tadbirlar” rejasiga asosan Amudaryo tumanida 1-iyun kuni Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi va Fuqaro muhofazasi faoliyatini tashkil etish boʻlimi tomonidan targʻibot hamda tushuntirish tadbiri tashkil qilindi.
Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida katta leytenant Ibragim Tadjimov, katta serjant Samad Xojamuradovlar, tuman hokimligi mutaxassisi Nodir Kamolov, tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimidan podpolkovnik Begzod Nurmamatov, katta leytenant Bekzod Tajiboyevlar ushbu tadbirda ishtirok etdilar. Targʻibot tadbiri mobaynida mutasaddilar Qipchoq shaharchasi hududida daryo boʻylarida suvda ommaviy dam olishni taqiqlovchi belgilar, taqiqlangan joyda suvga choʻmilish boʻyicha javobgarlik hamda suvga choʻmilish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar toʻgʻrisida aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib bordilar.
Shuningdek, tadbir davomida shunday holatlar aks etgan plakat, bannerlar oʻrnatildi. Qolaversa, suvda dam oluvchi fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida tuman hududidan oqib oʻtuvchi Amudaryo daryosining boʻylarida kichik hajmli kemalar, oʻzi suzmaydigan kemalar va eshkakli qayiqlarni koʻzdan kechirildi. Qayiq egalariga va fuqarolarga tushuntirish ishlari olib borilib, yoʻriqnomalar hamda eslatmalar tarqatildi.
Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶