BIZ VIRUSNI HAMJIHATLIGIMIZ BILAN YeNGAMIZ
Maʼlumki, ayni paytda butun dunyo mamlakatlari orasida keng tarqalgan va tarqalishda davom etayotgan koronavirus pandemiyasi koʻplab yirik davlatlarga katta talofatlar yetkazdi. Kuzatib borayapmizki, dunyoning rivojlangan mamlakatlari bu virus bilan oʻz vaqtida kurasha boshlamaganligi sababli virusning yanada chuqur ildiz otishiga va infektsiya zanjirining keng tarqalishiga sabab boʻldi. Natijada esa, qanchadan-qancha insonlar hayotdan koʻz yumdi.
Allohga ming shukurlar boʻlsinki, bizning xalqimiz boshiga kulfat kelganda bir tan, bir jon boʻlib, bir-birini doimo eʼzozlab, qoʻllab turuvchi va yelkadosh boʻluvchi xalq. Muhtaram Prezidentimiz saʼy-harakatlari bilan koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olish, aholi salomatligini asrash borasida oʻta zarur va tizimli ishlar amalga oshirildi. Xudoga ming shukurki, mamlakatimizda oʻz vaqtida eʼlon qilingan karantin natijasida, ushbu virusning tarqalish zanjiri deyarli uzildi. Virusga chalingan insonlar soni kamayib, sogʻayganlar soni ortmoqda.
Mamlakatimizda virusga chalingan bemorlarga zarur va yetarlicha tibbiy xizmat koʻrsatilib, davolash ishlari amalga oshirilmoqda.
Xalqimizning bagʻrikengligi, xalqparvarligi natijasida virus oʻchogʻiga aylangan chet el mamlakatlariga oʻqish va ishlash uchun ketgan hamyurtlarimiz oʻz ona yurtiga, oilasi bagʻriga qaytarib kelindi. Ularning salomatligini muhofaza qilish uchun 14 kunlik karantinlarga olindi. Bu bizning ona xalqimiz oʻz bolalarini xavfli hududlarda tashlab qoʻymasligi, mamlakatimiz har bir fuqarosining salomatligi uchun qaygʻurishi va uni davlat himoyasiga olganidan dalolatdir.
Shuni ham mamnuniyat bilan aytib oʻtish kerakki, Respublikamizning ayrim hududlarida umuman koronavirus infektsiyasi bilan zararlangan va virusga chalingan bemorlar qayd etilmagan. Bu ham bizning bir yutugʻimizdir.
Mana 2 oydan oshayaptiki, karantin davrida fuqarolarimizdan sababsiz uydan chiqmasliklari talab etilmoqda. Bu talabni barchamiz toʻgʻri tushunishimiz va unga amal qilishimiz kerak. Axir bu kabi ishlar bizning, xalqimizning salomatligi yoʻlida qilinayotir.
Biz xursand boʻlishimiz kerakki, dunyoning oʻnlab rivojlangan davlatlari orasida bizning mamlakatimiz birinchilardan boʻlib, virusga qarshi oʻz vaqtida kurasha boshladi va infektsiyaning keng tarqalishiga chek qoʻyildi.
Xudo xohlasa, ona xalqimiz bu sinovlardan eson-omon oʻtib, yana farovon kunlarga yetishadi. Chunki, Oʻzbek xalqi – kuchli, sabrli, matonatli va tomirlarida buyuk ajdodlari qoni oqayotgan xalq!
Iroda YeRDOShEVA,
gazetaning jamoatchi muxbiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶