Xavfli virusni yuqtirib olişdan saqlaning
Koronavirus deya nom olgan balo nafaqat xalqimiz, dunyo mamlakatlari aholisi boşiga ham öta oğir kunlarni soldi.
Ammo taşvişli kunlar ortda qoldi. Ahillik, hamjihatlik, qatʼiy intizom asosida amalga oşirilgan rejali tadbir va muolajalar öz samarasini berdi. Koronavirus infektsiyasining öçoği sekin-asta söna boşladi. Ammo bu undan xalos böldik, degani emas. Qolaversa, mamlakatimiz böyiça kuniga 200-300 nafar atrofida odamlarning koronavirus infektsiyasiga çalinayotganligi bizni yanada ogoh, huşyor, sergak, intizomli bölişga undamoği zarur va şart.
Tezkor jarayonda mamlakatimizga, şu jumladan, tumanimizga ham birinçi va ikkinçi bosqiçi uçun Astra Zeneka vaktsinasidan 3200 doza, özbek-xitoy (ZF-UZ-VAC2001) vaktsinasidan 8500 doza olib kelindi.
Hozirgi kunda 24686 nafar aholini bosqiçma-bosqiç emlaş rejalaştirilgan bölsa, şundan birinçi bosqiçda 6831 nafar, ikkinçi bosqiçda 2293 nafar aholi qatlamida emlaşni samarali ötkazişga muvaffaq böldik. Birinçi va ikkinçi bosqiçda emlaş olgan aholi qatlamida uç kunlik patronaj kuzatuvlari yölga qöyildi. Emlaşdan söng, nojöya holatlar kuzatilganligi haqida murojaatlar kelib tuşmadi.
Yurtimizda nişonlanayotgan bayram tadbirlari, töy va marosimlarda ham niqob taqiş, qöllarimizni himoyalovçi vositalar bilan zararsizlantiriş, oraliq masofani saqlaş kabi qoidalarga qatʼiy rioya etsak, eng avvalo, özimiz, oila aʼzolarimiz, xalqimizni koronavirus infektsiyasi yuqişidan asragan bölamiz.
M.AMANKULOV, tuman SEO va JS bölimi vraç-epidemiologi.
B.Matmurodova, bölim huquqşunosi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶