Belgilanmagan joylarda çömiliş hayotingiz uçun xavfli
Yozgi taʼtil vaqtida öquvçilarning aksariyat qismi mavsumni mamlakatimizning eng sölim göşalaridagi oromgohlarda dam olib ötkazişadi. Bu manzillarda yoşlar nafaqat hordiq çiqarişadi, balki viloyatlardan kelgan tengdoşlari bilan döstlaşadi.
Ammo uyda, ota-onasi bağridagi öquvçilar taʼtilni qanday ötkazadi, bu jarayonda oila boşliqlari nimalarga eʼtibor qaratişlari lozim, degan haqli savol tuğiladi.
Gap şundaki, köpçilik ota-onalar turmuş taşvişlari sabab, farzandi nimalar bilan maşğulligidan bexabar qolişadi. Ayniqsa, kunning issiğida bolalarning örtoqlari bilan beboşlik qilib, daryo va köllarga, şuningdek, taqiqlangan suv havzalariga borib çömilişlari köngilsiz voqealar bilan yakunlanişi mumkin. Şunday paytda bolalarga eʼtibor kuçaytirilib, çömilişning tartib-qoidalariga amal qilinmasa, baxtsiz hodisalar sodir bölmasligiga heç kim kafolot bermaydi.
Maʼlumotlarga köra, suvda suzişning huzurbaxşligi bilan birga har yili belgilanmagan joyda çömilişlar oqibatida dunyoda 300 ming nafardan ortiq kişi bevaqt hayotdan köz yumişi qayd etilgan.
Mana şu maʼlumotning özi ham har bir inson, “suvda çökiş men va mening yaqinlarim bilan sodir bölmaydi” – degan beparvolikdan çekinişi lozimligini körsatadi. Baxtsiz hodisalarning oldini olişimiz uçun oila aʼzolarimiz va atrofdagilarni mavjud xavf-xatarlardan ogoh etişni kundalik vazifamizga aylantirişimiz zarur. Zero, har bir inson uçun farzand aziz, yaqin qarindoşlar esa muqaddasdir.
Afsuski, keyingi 5-yil oraliğida suvda çökib halok bölgan yoşlarning 95 foizi ota-onalar tomonidan nazoratsiz qoldirilişi hamda özboşimçalik bilan belgilanmagan va taqiqlangan joylarda çömilişi oqibatida sodir bölgan. Katta yoşdagi fuqarolarning suvga çökişlarida esa asosan spirtli içimliklar isteʼmol qilib, mast holda suvga tuşişlari sabab bölyapti.
Ayni paytda şu singari hodisalar qayta takrorlanmasligi va uning oldini oliş maqsadida tuman Favqulodda vaziyatlar bölimi xodimlari tomonidan tegişli taşkilotlar bilan hamkorlikda belgilanmagan joylarda çömilmaslik borasida aholi orasida tuşuntiriş va prafilaktika tadbirlari olib borilyapti. Şuningdek, daryo qirğoqlariga, suv havzalariga taqiqlovçi belgilar va bannerlar örnatilmoqda. Ötkazilayotgan çora-tadbirlar natijasida joriy yilning iyul oyigaça bölgan davrda tumanimizda suvga çökiş bilan boğliq holatlar kuzatilmadi.
Aziz yurtdoşlar, özinggiz va oila aʼzolaringizning hayotiga beparvo bölmang!
Z.Atabayev, Amudaryo tumani FVB xodimi, katta serjant

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶