UZOGʻINGIZ YaNADA YaQIN BOʻLDI
Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-dekabrdagi 5278-sonli Farmoniga muvofiq Puhiy kasalliklar boʻyicha va narkologiya dispanseri tomonidan fuqarolarning dispanser hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumotnomalar berish tartibini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-yanvarda “Davlat tibbiyot muassasalari tomonidan fuqarolarga maʼlumotnomalar berish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra, endilikda 2020-yil 1-apreldan boshlab, buning uchun mazkur dispanserlarga borib yurishga hojat qolmadi.
Puhiy kasalliklar boʻyicha dispanser hamda Narkologiya dispanseri tomonidan fuqarolarning hisobda turishi yoki turmasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomasi toʻgʻridan toʻgʻri berish amaliyoti bekor qilinadi;
fuqarolarga ruhiy kasalliklar boʻyicha dispanseri hamda Narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali taqdim etiladi;
narkologiya va ruhiy kasalliklarga chalingan fuqarolar hisobi faqat elektron shaklda yuritiladi.
Quyidagilar:
Fuqarolarning Puhiy kasalliklar boʻyicha Narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlariga koʻra, ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa soʻrovnomani elektron shaklda mustaqil toʻldiradi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda soʻrovnomaga notarial tasdiqlangan ishonchnoma ilova qilinadi.
Vakolatli organ soʻrovnoma tushgan vaqtdan boshlab, real vaqt rejimida QP-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan maʼlumotnomani rasmiylashtiradi hamda uni oʻz YePIsi bilan tasdiqlab, tegishli Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron ravishda yuboriladi.
Bobur QADAMOV,
tuman Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶