GʻALLA OʻRIM-YIGʻIMIGA BAGʻIShLANGAN KOʻRGAZMALI SEMINAR BOʻLIB OʻTDI
Shu yilning 5-iyunida Qipchoq ovulidagi “Haytimbetov Sulton” fermer xoʻjaligi bugʻdoy dalasida 2020-yil hosili uchun ekilgan bugʻdoy oʻrim-yigʻimi boshlanishi va ushbu dolzarb pallalarda yetishtirilgan hosilni nest-nobud qilmay yigʻishtirib olish borasidagi amalga oshirishi lozim boʻlgan chora-tadbirlarga bagʻishlangan koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi.


Jami 17 gektar bugʻdoyzorda moʻl hosil toʻplashga erishgan xoʻjalikda oʻtkazilgan koʻrgazmali seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri Alisher Yoqubov, Respublika Vazirlar Kengashi Raisining qishloq xoʻjaligi boʻyicha oʻrinbosari Sobir Xoʻjametov, Respublika gʻalla urugʻchiligi markazi boshligʻi Zohid Ziyodullayevlar hamda tumanimiz MMTPlari raislari, fermerlar, agrar soha mutaxassislari, tuman hokimligi qishloq xoʻjaligi boʻlimi masʼullari ishtirok etdilar.
Koʻrgazmali seminarni tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev ochdi va qishloq xoʻjaligi xodimlarini yilimizning gʻalla oʻrim-yigʻimiga kirishilgani bilan qizgʻin qutladi. Xalqimizning rizqi butun, dasturxoni toʻkin boʻlishini tiladi va mavsumni qisqa kunlarda oʻtkazish, gʻallani oʻrish, tashish va saqlashda nobudgarchiliklarga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan masʼullarga topshiriqlar berdi.


Maʼlumki, bugʻdoy-oʻrim yigʻimi otryad usulida olib boriladi. Ovuldagi 13 ta gʻallachilik sohasi mavjud fermer xoʻjaliklarining 163 gektar bugʻdoyzorlari hosili 2 ta kombayn va 4 ta yuk tashish mashinasi orqali yigʻishtirib olish rejalashtirilgan. Ushbu texnikalar boshqaruvchilari uchun mavsumda unumli ishlashlariga zarur sharoitlar yaratib beriladi. Ish haqlari oʻz vaqtida hisob-kitob qilinadi.
Dengizday chayqalib turgan sariq tusdagi bugʻdoyzorda joriy yilgi ilk gʻalla hosilini oʻrib-yigʻish uchun kombaynlar ishga tushdi. Yigʻilganlar tumanimiz gʻalla xirmoni sarbaland boʻlishini tilab duoga qoʻl ochdilar.

Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶